Video - Yo oʻlasan, yo jinsingni almashtirasan

Eronda gey, yaʼni besoqolbozlar dorga tortiladi.
Ammo Islomiy hukumat geylarning oʻlimdan omon qolishlari uchun bitta yoʻl taklif etadi.
Yaʼni agar gey kishi oʻzining "kasalligini" ibsotlasa va shifokorlar uni gey emas, balki xasta, deb topishsa, davlat hisobidan jarrohlik oʻtkaziladi.
Shu asno, erkak jinsi ayolga aylantiriladi va u tirik qoladi.
Koʻpchilik oilalar buni istashmasa ham, balogʻatga yetgan oʻgʻillarini qatldan asrab qolish yoʻlida ularni jinsini oʻzgartirishga undaydilar.
Eron rasman hech kimni jinsini almashtirishga majburlamasligini aytadi.
Biroq mavjud oʻlim jazosi odamlarni bu kabi azobli va keskin qarorga majburlamoqda.
Jinsini oʻzgartirgan aksar erkaklar esa, baribir, jamiyatda oʻz oʻrinlarini topisholmaydi, hatto ishga kirishlari qiyin.
Ayrim eronliklar esa qoʻshni Turkiyaga qochib oʻtishmoqda.
BBC muxbiri Ali Hamadoniy lavhasi.
BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02
TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
Instagram - BBC UZBEK
Twitter - BBC UZBEK
Odnoklassniki - BBC UZBEK
Facebook - BBC UZBEK
Google+ - BBC UZBEK
YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
Skype - bbcuzbekradio
bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring














