You’re viewing a text-only version of this website that uses less data. View the main version of the website including all images and videos.
Toshkentga otlanayotgan Britaniya diplomati kim?
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Ser Alan Dankan 16 dekabrda O'zbekistonga tashrif buyuradi.
O'zbekistondagi nashrlar xabariga ko'ra, Alan Dankan O'zbekiston hukumati bilan muzokaralar olib boradi.
"Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligi vakili Oliy Majlis Senati, Tashqi ishlar vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, sarmoya va savdo vazirligida uchrashuvlar va muzokaralar olib boradi", - deyiladi uzdaily.uz nashri tarqatgan xabarda.
Alan Dankan 19 iyulda Britaniyaning mubohasali Tashqi ishlar vaziri Boris Jonsonga muovin etib tayinlangandi.
Sarf-xarajat mojarosi
Ammo, Alan Dankanning o'tmishi ham siyosiy mojarolarga boy.
Konservatorlar partiyasining ilk ochiqchasiga gey a'zosi bo'lmish Ser Alan 2009 yilda o'z uyidagi bog'dorchilik ishlari uchun mamlakat byudjetidan 4000 funt olgani aniqlangach, bu pulni qaytarishga majbur bo'lgandi.
Ayni yilda uni yashirin kameraga yozib olib oshkor qilishgach, u "o'tinib" kechirim so'ragan, ammo sobiq Bosh vazir Deyvid Kameron tomonidan lavozimidan chetlatilgandi.
Kameraga yozib olingan suhbatda u sarf-xarajat mojarosi tufayli deputatlarga yomon munosabat qilinayotgani va endi deputatlar "talonga" yashashga majbur bo'lishayotganini aytgandi.
Alan Dankanning parlamentdagi yordamchisi BBCga uning O'zbekistonga tashrif buyurayotganini na rad etdi yo na inkor qildi. Ammo, Britaniya hukumatidagi manbalar tashrif rejalanayotganini tasdiqlashdi.
"O'zbek palovi juda yog'li"
Bu Ser Alanning O'zbekistonga ilk tashrifi bo'ladi, ammo Britaniya Tashqi ishlar vaziri Boris Jonson O'zbekistonda safarda bo'lgan.
2004 yili oddiy deputat va "Spektator" jurnalining muharriri bo'lganida Jonson O'zbekistonga oilasi bilan turistik safar qilgani haqida maqola yozgandi.
U o'z maqolasida o'zbek palovini "o'ta yog'li" deya tasvirlab, u yerda ichgan pivosini "ot siydigi"ga qiyoslagan.
Boris Jonson, shuningdek, 2007 yilda o'zbek milliarderi Alisher Usmonov bilan yuzaga kelgan kelishmovchiligi tufayli matbuot nazariga tushgandi.
Alisher Usmonov Jonsonni u haqida yozgan maqolasi uchun sudga berib, sud hukmi bilan Jonsonning vebsaytini yoptirishga muvaffaq bo'lgandi.
Jonson buni "so'z erkinligining jiddiy buzilishi" deya qoralagan va "Bu London, O'zbekiston emas", deya qo'shimcha qilgandi.
Boris Jonson joriy yilning 13 iyulida Britaniya tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi.
BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
Instagram - BBC UZBEK
Twitter - BBC UZBEK
Odnoklassniki - BBC UZBEK
Facebook - BBC UZBEK
Google+ - BBC UZBEK
YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
Skype - uzbekbbclondon
bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring