Liverpul muxlislarining gollarni nishonlashi zilzilaga sabab bo‘ldimi?

 60,415 muxlis har golni nishonlaganda seysmik faollik kuzatilgan

Surat manbasi, Reuters

Surat tagso‘zi, 60,415 muxlis har golni nishonlaganda seysmik faollik kuzatilgan
    • Author, Jenni Koulman
  • O'qilish vaqti: 2 daq

Liverpul muxlislari klubning "Tottenhem"ga qarshi Enfilddagi tarixiy g‘alabasini nishonlashlari bir qator silkinishlarga sabab bo‘lganini universitet olimlari aniqlashdi.

Arne Slotning jamoasi 27 aprelda to‘la Enfild stadionida "Tottenhem" ni 5-1 hisobida mag‘lub etib, klubning yuqori ligada 20 - chempionligini qo‘lga kiritdi.

Eng katta silkinish Aleksis Mak Allisterning 24-daqiqadagi zarbasi bilan kelib chiqqan bo‘lib, Liverpulni 2-1 hisobida oldinga olib chiqdi va Rixter shkalasi bo‘yicha 1.74 ballga yetdi.

Ma’lumotlar Liverpul universiteti yer olimlari tomonidan zilzilalarni aniqlash uchun ishlatiladigan uskunalar yordamida qayd etilgan.

rixter

Surat manbasi, The University of Liverpool

Aleksis Mak Allisterning golidan so‘ng Rixter shkalasi bo‘yicha 1.74 ballga yetdi

Surat manbasi, EPA

Surat tagso‘zi, Aleksis Mak Allisterning golidan so‘ng Rixter shkalasi bo‘yicha 1.74 ballga yetdi

Tadqiqot universitetning Yer, Okean va Atrof-muhit fanlari bo‘limidagi doktor Antuan Septier, doktor Farnaz Kamranzad va professor Ben Edvards tomonidan klub bilan hamkorlikda o‘tkazilgan.

"Tabiiy seysmik hodisalar kabi, bu gollar Liverpul muxlislarining shiddatli hissiyoti bilan kelib chiqqan yer silkinishlarini keltirib chiqardi", dedi professor Ben Edvards.

"Ularning shijoati yerni harakatlantirish uchun yetarli darajada kuchli edi."

rixter

Surat manbasi, The University of Liverpool

Ma’lumotlar 60,415 kishidan iborat tomoshabinlar jamoasi haqiqiy seysmik faollikni keltirib chiqarganini, ayniqsa o‘yin davomida kiritilgan gollarga javoban ko‘rsatdi.

Ikkinchi eng katta silkinish 1.60 ballni tashkil etdi va ikkinchi bo‘limda Kop oldida kiritilgan Mo Salahning golidan keyin kelib chiqqan.

Kodi Gakponing harakati 1.03 ballni, Destini Udogi tomonidan kiritilgan avtogol 1.35 ballni va Luis Diasning avval bekor qilingan tenglashtiruvchi goli 0.64 ballni tashkil etdi. Doktor Farnaz Kamranzad silkinishlar kichik bo‘lib, tribunalarda sezilmasligiga qaramay, Enfildda "aniq va uzoq muddatli iz qoldirish uchun yetarli darajada kuchli" bo‘lganini aytdi.

Doktor Farnaz Kamronzod (chapda) va doktor Antuan Septier (o‘ngda) suysmik faollikni o‘lchagan

Surat manbasi, The University of Liverpool

Surat tagso‘zi, Doktor Farnaz Kamranzad (chapda) va doktor Antuan Septier (o‘ngda) suysmik faollikni o‘lchagan

"Har bir quvonch, har bir bayram, yer ostida iz qoldiradi, final hushtagidan keyin yer xotirasiga yozilgan jamoaviy quvonchning seysmik izi", dedi u.

Doktor Antuan Septier ushbu tajriba yangi avlod seysmologlarini ilhomlantirishini umid qildi. "Ushbu ma’lumotlarni ko‘rsatish stadion tajribasini yaxshilash uchun innovatsion g‘oyalarni ilhomlantirishini umid qilaman", dedi u.