You’re viewing a text-only version of this website that uses less data. View the main version of the website including all images and videos.
Amerika va saylov: Ukraina, Yaqin Sharq va Xitoy - prezident o‘zgarsa, dunyoga nima bo‘ladi? Video
Yaqin Sharqdagi inqiroz.
Ukraina va Rossiya urush ichida.
Kuchayib borayotgan Xitoy ta’siri...
5 noyabr kungi AQSh prezident saylovi allaqachon ozmuncha savollarni paydo qilmay qo‘ymagan.
Ammo Respublikachi Donald Tramp va Demokratchi Kamala Harris AQShning dunyodagi o‘rni haqida turlicha qarashlarni izhor etmoqda.
Shunday ekan, saylovdan keyin AQSh tashqi siyosati qanday bo‘lishi mumkin?
Amerika yanada kuchayadimi yoki jahondagi qudratiga putur etadi?
Joriy paytda AQSh dunyoning eng yirik harbiy, iqtisodiy va yadroviy qudratidan bittasi bo‘ladi.
Tahlilchilar tomonidan jahondagi "gegemon" davlat sifatida ko‘riladi.
- Amerika ilk ayol prezidentni tanlashi mumkin, ammo Kamala Harris imkoniyatlari qanday?
- Yangiliklar. AQSh: Tramp Putinni kim deb biladi, Ukraina urushini bir sutkadayoq hal qiladimi va Ukrainada kimning g‘olib chiqishini xohlaydi?
- ‘Shohni asra, Tangrim!ʼ: Putin tug‘ilgan kunini qanday nishonladi va uni kimlar yo‘qlab bordi?
Buyog‘i nima bo‘ladi?
Yaqin Sharq
Hamasning 7 oktyabrdagi hujumidan keyin vitse-prezident Kamala Harris asosan, “Isroil o‘zini himoya qilish huquqiga ega, ammo otashkesimga erishish uchun mintaqadagi hamkorlarimiz bilan ish olib boramiz”, degan Bayden ma’muriyati mavqe’ni qo‘lladi.
Kamala Harris Isroilni to‘liq dastaklar ekan, G‘azodagi tinch aholini himoya qilish zaruriyati haqida Baydenga qaraganda ancha ochiqcha gapirdi.
U Isroil Bosh vazirining Vashingtonda ekan, shu yil iyul oyida AQSh Kongressida qilgan nutqi chog‘ida ham ko‘rinish bermadi.
Ammo keyinroq Binьyamin Netanьyahu bilan o‘zaro uchrashuvlari chog‘ida qattiq gapirdi, unga G‘azodagi urush tugashi kerakligini aytdi.
"Biz azob-uqubatlarga shundoq qarab tura olmaymiz va men ham jim qolmayman”, - dedi Kamala Harris.
G‘azoda urush boshlangach, prezident Baydenning Isroilga oid siyosatiga qarshi Amerika Qo‘shma Shtatlarida ommaviy namoyishlar ham o‘tkazildi.
Kamala Harris, ba’zi namoyishchilar talab qilganidek, Isroilga qurol-yarog‘ embargosini qo‘llab-quvvatlamadi. Ammo uning ohangi saylovchilarda ko‘proq aks-sado berishi mumkin. Biroq, agar u prezident bo‘lsa, buning siyosatga qanchalik ko‘chishi noma’lum.
Donald Tramp Isroilni dastaklashni o‘z kampaniyasining asosiy qismiga aylantirdi.
Tarafdorlari uning prezident sifatida AQSh elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirish, Isroil va ayrim arab davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirgan “Ibrohim kelishuvi”ga kelish kabi qarorlarini tilga olishadi.
Tramp tinchlikni qaror toptirishini aytadi, ammo qanday qilib ekanini ochiqlamaydi. Trampning ikkinchi muddati oldingi siyosatini davom ettirishini anglatishi mumkin.
“Oq uyga qaytganimda, Isroilning terrorga qarshi urushida g‘alaba qozonish huquqini qo‘llayman. Ular bunga haqli bo‘lishi kerak”, - deya bayon qildi u.
O‘z vaqtida Tramp ma’muriyatining Isroildagi elchisi bo‘lgan Devid Fridmanning da’vo qilishicha, ikki davlatchilik echim emas va Isroilning G‘arbiy Sohil ustidan nazoratini qo‘llash – AQShning diniy burchi.
Ukrainadagi urush
Rossiyaning Ukrainaga bosqini bilan kechayotgan uch yilcha vaqt ichida AQSh Kievga bevosita $90 milliard dollardan ortiq yordam berdi.
Donald Tramp Ukrainadagi urushni 24 soat ichida hal qilishini da’vo qiladi, ammo tafsilotlarini ochiqlamaydi.
Hamkori, vitse-prezidentlikka nomzod Jeyms Vens nazdida AQSh urushga juda ko‘p pul sarflamoqda.
Uning ta’kidlashicha, Ukraina Rossiya bilan tinchlik muzokaralariga e’tibor qaratishi, barcha hududini qaytarib olishning iloji bo‘lmasligini qabul qilishi kerak.
Tramp, shuningdek, NATOni ham tanqid qiladi. AQSh mudofaaga etarlicha mablag‘ sarflamagan ittifoqchilarini himoya qilmasligini ham aytadi.
Kamala Harris esa, Baydenning yondashuvini davom ettirishga ahd qilgan.
U NATOni “dunyodagi eng katta harbiy ittifoq”, deb ataydi.
Rossiyaga sanktsiyalar bosimi bilan bir qatorda Ukrainaga harbiy, iqtisodiy va siyosiy yordamni qo‘llab-quvvatlaydi.
Yaqinda u prezident Zelenskiy Kreml bilan muzokara olib borishi kerakligini taklif qilgani uchun Trampni tanqid ham qilgan.
Kamala Harrisga ko‘ra, “Bular tinchlikka emas, aksincha, taslim bo‘lishga qaratilgan takliflardir”.
Xitoy
So‘z Xitoyga nisbatan mavqe’ haqida ketganda, ikki raqib tomon qarashida ayrim o‘xshashliklar borligini rad etib bo‘lmaydi.
Ikkovlon ham Xitoyni jiddiy strategik raqib, AQSh manfaatlariga potentsial tahdid sifatida ko‘rishadi, Pekinning butun dunyo bo‘ylab ortib borayotgan ta’siridan ham birdek xavotirda.
Biroq, prezident bo‘lsa, Trampning mavqei qat’iyroq bo‘lishi mumkin. Chunki u Xitoy bilan savdo urushini boshlagan va qayta saylansa, tariflarni ko‘paytirishni va’da qilgan.
“Agar Xitoy yoki boshqa davlat o‘zini yomon tutsa, bizda juda qattiq tariflar bor”, - deya bayon qilgan u.
Kamala Harris senator sifatida Trampning Pekin bo‘yicha xatti-harakatini tanqid qilgan, garchi Bayden ma’muriyati Xitoyga tariflarni oshirayotgan bo‘lsa ham, savdo urushi taktikasiga shubha bilan qarashini aytgan.
Vitse-prezident sifatida Osiyoga bir necha bor safar qilgan, u erda Pekinning Janubiy Xitoy dengizidagi amallarini qoralagan va Tayvanning o‘zini himoya qilishini qat’iy qo‘llab-quvvatlagan.
Tramp AQShning himoyasi uchun Tayvanь haq to‘lashi kerakligini aytgan, ammo orolni tajovuzdan himoya qilishi yoki yo‘qligi savoliga javob berishdan qochgan.
Immigratsiya, iqlim o‘zgarishi va Afrikaning rivoji Donald Tramp va Kamala Harrisning qarashlari farqli global muammolar sirasiga kiradi.
Bu galgi saylovga saylovga ko‘p narsa tikilgan va dunyo ham uni yaqindan kuzatib turibdi.
End of Telegram kanalimiz: