Ichak salomatligi, zo‘r uyqu, kayfiyat va immunitetni tiklash uchun besh maslahat

Dr. Zand portreti, yana bir fotosuratda divanda o‘tirib, boqroq yeyayotgan ikki ayol tasvirlangan. Orqa fonda kompyuter va o‘simliklar ko‘rinadi.

Surat manbasi, BBC/Getty

Surat tagso‘zi, Dr. Zand va popkorn yeyayotgan odamlar
    • Author, Dr. Zand
    • Role, Morning Live dasturining doktori
  • O'qilish vaqti: 2 daq

Ijtimoiy tarmoq sahifalari yoki supermarket javonlarida, ichak salomatligini yaxshilashni targ‘ib qiluvchi mahsulotlar son-sanoqsiz ekanini ko‘rish mumkin.

Hozirda ko‘pchilik hazm tizimimizda yashaydigan milliardlab mayda organizmlar yani mikrobiomlar haqida gapiryapti. Mikrobiomlar ichak salomatligini, immunitetni, kayfiyatni va yaxshi uyquni tiklashga ta’sir ko‘rsatadi.

Доктор Занд.
bbc/gettyimages
Qo‘shimcha oziq-moddalar va probiotiklar haqida maslahatim: ularning ichak salomatligi uchun foyda keltirishiga doir dalil yo‘q.
Dr. Zand
Morning Live dasturining doktori. Batafsil: bbc.com/uzbek da.

Ichak salomatligi bakteriyalar to‘g‘ri aralashmasining va yetarlicha tolali oziq-ovqatgalarning iste’mol qilinishiga bog‘liq. Bu o‘z navbatida tanini faol holatda saqlashga yordam beradi.

Ichakdagi mikroblarni yaxshi saqlash uchun ularni to‘g‘ri ozuqa bilan ta’minlash lozim. Bu esa siz o‘ylagandan osonroq.

Qimmatbaho probiotik ichimliklar yoki yengil yemaklar o‘rniga ichak salomatligini yaxshilash uchun ushbu beshta muqobil mahsulotlarni tavsiya qilaman.

  • Kartoshka chipsi o‘rniga bodroq. Bodroq butun donli mahsulot bo‘lib, tolaga boy va ichakdagi yaxshi bakteriyalarni oziqlantiradi. Shuningdek, u chipsga qaraganda yengil va deyarli qayta ishlanmagan.
  • Shirinlik o‘rniga quritilgan meva. Quritilgan o‘rik, mayiz yoki xurmo shirinlik ehtiyojini qondirishi bilan birga tolalar, vitaminlar va tabiiy shakarga boy. Bu o‘z navbartida ichak salomatligi uchun foydali.
  • Yasmiq yoki no‘xat. Dukkaklilar probiotik tolaga boy bo‘lib, ichak mikroblari uchun ozuqa bo‘lib xizmat qiladi va taomni to‘yimli qiladi. Shuningdek, bu mahsulotlar go‘shtni kamroq iste’mol qilishga yordam beradi.
  • Ta’m berilgan yong‘oq o‘rniga tabiiy yong‘oq. Ta’m berib qayta ishlangan yong‘oqlar tarkibida tuz va shakar ko‘p miqdorda bo‘ladi. Bu o‘z navbatida ichak salomatligiga zararli bo‘lishi mumkin. Tabiiy yong‘oq esa tanani foydali yog‘lar va ichak salomatligi uchun zarur bo‘lgan tolalar bilan ta’minlaydi.
  • Muzqaymoq o‘rniga muzlatilgan mevalar va kefir. Kefir va muzlatilgan mevalar, masalan, muzlatilgan qulupnay, tabiiy shakar, antioksidantlar va foydali achitqilarga boy.
Aloqador mavzular:

Albatta, ichak salomatligi ichun kimchi yoki achitilgan karam kabi achitqili ozuqalar yoki kombucha ichimligini iste’mol qilish foydali hisoblanadi, lekin bularga ortiqcha e’tibor qaratish shart emas.

Eng muhimi, meva va sabzavotlar kabi tolaga boy, tabiiy turli xil ne’matlarni iste’mol qilish lozim.

Qo‘shimcha oziq-moddalar va probiotiklar haqida maslahatim: ularning ichak salomatligi uchun foyda keltirishiga doir dalil yo‘q. Qimmat mahsulotlarga kelganda esa, men buni pulni behuda sarflash deb bilaman.