You’re viewing a text-only version of this website that uses less data. View the main version of the website including all images and videos.
Shimpanzelar odamlar kabi suhbatlashishi aniqlandi – bu nimani ko‘rsatadi?
Odamlar singari, shimpanzelar ham jonli, navbati bilan suhbatlashadi va o‘tishlar soniyalar ichida sodir bo‘ladi.
Hayvonlar, birinchi navbatda, imo-ishoralar, shu jumladan, qo‘l harakati va yuz ifodalari orqali muloqot qiladi.
Ularning suhbatlarini batafsil o‘rgangan olimlar ma’lumot almashishda bu jonzotlar "tezda navbat almashishi", ba’zan bir-birining gapini bo‘lib qo‘yishini aniqladi.
Sent-Endryus universiteti professori Ket Xobayter BBC News bilan suhbatda aytishicha, bu kashfiyot "ularning shaxsiy suhbatlari tuzilishi [odamlar bilan] chuqur evolyutsion o‘xshashlik borligini ko‘rsatadi".
Natijalar Current Biology jurnalida chop etildi.
Navbati bilan suhbatlashish insonning o‘ziga xos belgisidir, deb tushuntirdi primatlar kommunikatsiyasini o‘rganuvchi professor Xobayter.
"Hammamizda gaplar orasida taxminan 200 millisekund bor. Ba’zi qiziqarli kichik madaniy farqlar kuzatiladi. Ba’zi madaniyatlarda odamlar "tez gapiradi".
Millisekund soniyaning mingdan bir qismidir.
2009 yilda o‘tkazilgan lingvistik tadqiqotlardan biri bu farqlarni o‘lchadi. Yapon tilida so‘zlashuvchilar javob qaytarish uchun o‘rtacha hisobda yetti millisekund kutar ekan, daniyaliklar esa 470 millisekund vaqt kutishi aniqlandi.
Professor Xobayter va uning hamkasblari minglab shimpanzelarning bir-birlari bilan muloqotini o‘rganib chiqib, hayvonlarning suhbatlari vaqtini aniqlashdi.
"Shimpanzelar va odamlarning vaqt sxemalari qanchalik o‘xshashligini ko‘rish hayratlanarli", deydi u.
Shimpanzelarda oraliq vaqt ko‘proq bo‘lgan. Sherigining gapini bo‘lishdan, to o‘zi javob bergungacha 1600 millisekunddan, 8600 millisekundgacha vaqt ketgan.
"Bu shimpanzelarning tabiiy muhitda bo‘lgani sababli bo‘lishi mumkin, ular yanada kengroq turdagi xulqlarni namoyon qilgan – ba’zida bir-birining gapini kesib qo‘yadi va ba’zan javob berish uchun uzoq vaqt kerak bo‘ladi."
Muloqotning evolyutsion kelib chiqishiga oid tadqiqotlarining bir qismi sifatida tadqiqotchilar o‘nlab yillar davomida Uganda va Tanzaniya o‘rmonlarida yovvoyi shimpanzelarning beshta jamoasini kuzatishdi.
Ular 250 dan ortiq hayvonning 8000 dan ortiq imo-ishoralarini yozib olishdi va tarjima qilishdi.
Sent-Endryus universitetidan yetakchi tadqiqotchi doktor Gal Badixi imo-ishoralar shimpanzelarga konfliktlardan qochish va harakatlarini muvofiqlashtirish imkonini berishini tushuntiradi.
"Shunday qilib, bir shimpanze boshqasiga qorni ochligiga ishora qilishi mumkin, ikkinchisi esa unga ovqat berishi yoki baxillik qilsa, unga ket deb imo qilib javob berishi mumkin."
"Ular o‘zlarini qaerda yoki qanday parvarishlashni ham kelishib olishlari mumkin".
Olimning aytishicha, bizdan uzoqroq bo‘lgan boshqa primat turlarining kommunikatsiyasini o‘rgansak, bizda nima uchun tezkor navbat almashib suhbatlashish qobiliyati vujudga kelganini