O‘shda yo‘l kengaytirilishi sabab 120 ta qabr ko‘chirilmoqda: "Hech bo‘lmasa go‘rida tinch yotsa bo‘lardi" (Video)

Qabristondagi suyaklarni ko‘chirish ishlari
Surat tagso‘zi, Qabristondagi suyaklarni ko‘chirish ishlari
O'qilish vaqti: 3 daq

Qirg‘izistonning O‘sh shahrida ko‘chani kengaytirish ishlari doirasida yo‘l yoqasidagi eski qabristonning bir qismi buziladigan bo‘ldi.

Shahar ma’muriyatining bu qaroridan so‘ng, o‘nlab oilalar yaqinlarining xokini qayta dafn etishga majbur bo‘lishmoqda.

Tonggi reyd va "snos" topshirig‘i

O‘tkazib yuboring YouTube post
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post

4 fevral kuni O‘sh shahar meri Jenishbek To‘qtorbaev Sulaymon-Too hududiy boshqarmasida o‘tkazilgan reyd davomida Alimbek Dodxoh ko‘chasini kengaytirishga to‘sqinlik qilayotgan ob’ektlarni olib tashlash bo‘yicha topshiriq berdi.

Merning talabiga ko‘ra, yo‘l bo‘yidagi noqonuniy qurilmalar bilan birga, qabristonning yo‘lga yaqin qismi ham bo‘shatilishi kerak.

Hozirda qabriston hududida qazish va ko‘chirish ishlari boshlangan.

Qabriston. Oq matoga o‘ralgan suyaklarni ko‘tarib ketayotgan ikki kishi
Surat tagso‘zi, Odamlar qabristondagi yaqinlarining suyaklarini qabristonning ichkariroq qismiga ko‘chirmoqdalar.
Skip Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz and continue readingIjtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

End of Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

"Uch kishini bir joyga qo‘yyapmiz"

Aksariyati etnik o‘zbeklar bo‘lgan mahalliy aholi vakillari uchun bu qaror kutilmagan va og‘ir sinov bo‘ldi. Ko‘pchilik yaqinlarining qabrini o‘z qo‘llari bilan qazishga majbur bo‘lmoqda.

"Ma’lumotni WhatsApp orqali eshitdik. Bugun ketmonlarimizni ko‘tarib kelib, o‘zimiz qazib, ichkariroqqa qo‘yyapmiz. Joy tejash uchun uch kishini bir joyga qo‘yishga majbur bo‘lyapmiz. Katta bobomning otasi, bobom va onamning xoklarini endi bir joyga dafn etyapmiz," deydi ismini oshkor qilmagan mahalliy odamlardan biri.

Qabriston
Surat tagso‘zi, Ko‘chirilayotgan qabrlar orasida hali bir yillik bo‘lmaganlari ham bor.

Ko‘chirilayotgan qabrlar orasida hali bir yil ham bo‘lmaganlari bor.

Bu holat ijtimoiy tarmoqlarda va aholi o‘rtasida: qabristonga tegmasdan buzish ishlarini amalga oshirish mumkinmi, degan bahslarni kuchaytirdi.

Yuzini ko‘rsatmaslikni va ismini o‘zgartirishni so‘ragan bir yigit buvisini bir yil oldin dafn etgan.

"Achinarli bo‘lyapti-da. Qabristonni tinch qo‘ysa bo‘lardi. Misol uchun, bizning qarindoshlardan 5-6 kishi bor edi, ularni ko‘chirdik. Buvimni qo‘yganimizga yaqinda bir yil bo‘ladi. Ko‘pchilik aytmayapti, lekin nafaqat bizda, balki boshqa odamlarda ham shunday vaziyat. Ikki-uch kishidan eshitdim. Qabrlar "snos" bo‘lmay qo‘ya qolsa bo‘lardi. Hech bo‘lmasa go‘rida tinch yotsa bo‘lardi", deydi u.

Qabrtoshi. Xusan Xoji kizi Sattixon deb yozilgan
Surat tagso‘zi, Qabrtoshi

O‘sh shahar fuqarolarga xizmat ko‘rsatish byurosi rahbari Barchinbek Tanirovning aytishicha, ko‘chirilishi kerak bo‘lgan jasadlar soni qariyb 120 taga yaqin.

Hozir muassasa xodimlari marhumlar yaqinlari bilan birga ko‘chirish ishlarini olib borishmoqda.

"Eng boshi 4 metr 80 sm, eng oxiri 7,5-8 metrgacha ichkariga kiradigan bo‘ldi. Agar yaqinlari yo‘q bo‘lsa yoki uzoq joyda bo‘lishsa, ularni ham ko‘chirib, belgi qo‘yib qo‘yamiz".

"Agar keyin qarindoshlari kelishsa, qayerga qo‘yilganini ko‘rsatib beramiz", deydi Barchinbek Tanirov.

Odam qabrni kovlamoqda
BBC
Achinarli bo‘lyapti-da. Qabristonni tinch qo‘yishsa bo‘lardi. Misol uchun, bizning qarindoshlardan 5-6 kishi bor edi, ularni ko‘chirdik.
Shaxsini oshkor qilishni istamagan O‘sh yashovchisi (batafsil: bbc.com/uzbek)

Yo‘lni kengaytirish bilan bog‘liq shunga o‘xshash vaziyat Bishkekda ham kuzatilmoqda.

Novopavlovka qishlog‘idagi Profsoyuz ko‘chasini uzaytirish uchun ayrim uylar yoki qabristonning bir qismini olish masalasi bahslarga sabab bo‘ldi.

Mahalliy aholining bir qismi meriya ko‘chani uzaytirishda uylarga tegmasligi kerakligini aytsa, boshqalar qabristonni saqlab qolish zarurligini ta’kidlashadi.