G‘azolik yo‘lovchilar hech ruxsatsiz Janubiy Afrikaga qanday kelib qolishdi?

Ramafosaning so‘zlariga ko‘ra, 153 kishidan iborat guruh "sirli ravishda Nayrobida to‘xtab, Janubiy Afrikaga kelgan samolyotda paydo bo‘lgan", deb xabar beradi News24.

Surat manbasi, GIFT OF THE GIVERS

Surat tagso‘zi, Ramafosaning so‘zlariga ko‘ra, 153 kishidan iborat guruh "sirli ravishda Nayrobida to‘xtab, Janubiy Afrikaga kelgan samolyotda paydo bo‘lgan", deb xabar beradi News24.
    • Author, BBC Yangiliklar bo‘limi
  • O'qilish vaqti: 3 daq

Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) Prezidenti Siril Ramafosa G‘azo bo‘lgasidan 153 nafar falastinlikni olib kelgan charter reysi bilan bog‘liq vaziyatni tekshirishni buyurganini e’lon qildi.

Samolyot Yoxannesburgdagi OR Tambo aeroportiga qo‘ndi, ammo yo‘lovchilarga dastlab o‘z mamlakatlaridan chiqish muhrlari yo‘qligi sababli kirish taqiqlandi. Keyin ular uchoqda 10 soatdan ko‘proq vaqt qolib ketishdi.

Ramafosaga ko‘ra, ularning aksariyatiga mahalliy xayriya tashkilotining aralashuvi va "rahm-shafqat va insoniylik" tufayli Janubiy Afrikaga kirishga ruxsat berildi.

Ularning G‘azodan jo‘nab ketishlari va Janubiy Afrikaga parvoz qilishlariga bog‘liq holat noma’lumligicha qolmoqda va rasmiy tergov ochilgan.

Kutilmagan mehmonlar

Janubiy Afrika Hamas va Isroil o‘rtasidagi urush paytida falastinliklarni qat’iy qo‘llab-quvvatladi.

Ramafosaning so‘zlariga ko‘ra, 153 kishidan iborat guruh "sirli ravishda Nayrobida to‘xtab, Janubiy Afrikaga kelgan samolyotda paydo bo‘lgan", deb xabar beradi News24.

G‘azo chegaralarini nazorat qiluvchi Isroil harbiy agentligi COGATning ma’lum qilishicha, u yo‘lovchilarga "uchinchi mamlakat ularni qabul qilishga rozi bo‘lganidan" keyin Isroilni tark etishga ruxsat bergan, ammo u qaysi davlatligini aniq aytmadi.

Ciril Ramafosa
Reuters
Ularda zarur hujjatlar bo‘lmasa ham, ular urushdan, vayron bo‘lgan mamlakatdan kelgan odamlar.
Ciril Ramafosa
Janibuy Afrika Respublikasi prezidenti (bbc.com/uzbek)

Pretoriyadagi Falastin elchixonasining ma’lumotlariga ko‘ra, yo‘lovchilar "oldindan ogohlantirishsiz yoki muvofiqlashtirmasdan" Isroildagi Ramon aeroportidan jo‘nab ketishgan va Nayrobidan o‘tib Janubiy Afrikaga yo‘l olishgan.

Elchixona bayonotida "ro‘yxatdan o‘tmagan va juda shubhali tashkilot" fojiali gumanitar vaziyatdan foydalanib, oilalarni aldab, ulardan pul yig‘ib, sayohatni noqonuniy va mas’uliyatsiz tarzda tashkil qilgani aytiladi.

Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, 153 yo‘lovchidan 23 nafari so‘ng boshqa mamlakatlarga olib ketilgan va 130 nafariga Janubiy Afrikaga kirishga ruxsat berilgan.

Ramafosa Ichki ishlar vaziri tomonidan vaziyat haqida ma’lumot berilganini va ularni qaytarmaslikka qaror qilganini ta’kidladi.

"Agar ularda zarur hujjatlar bo‘lmasa ham, ular urushdan vayron bo‘lgan mamlakatdan kelgan odamlar", deya prezidentning so‘zlaridan iqtibos keltiradi News24.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
G‘azoliklarning Isroildan qanday chiqqani tekshirilmoqda

Surat manbasi, GIFT OF THE GIVERS

Surat tagso‘zi, G‘azoliklarning Isroildan qanday chiqqani tekshirilmoqda

Siril Ramafosa shuningdek, jurnalistlarga hukumat "vaziyatni to‘liq o‘rganib chiqishini" va keyinchalik jamoatchilikka "bu vaziyat qanday paydo bo‘lganligi" haqida tushuntirish berishini aytdi, deya xabar beradi SABC telekanali.

Mavhum kelajak

Janubiy Afrika Ichki ishlar vaziri Leon Shrayberning ta’kidlashicha, Falastin pasporti egalari odatda Janubiy Afrikaga 90 kungacha vizasiz kirish huquqiga ega, ammo ularning jo‘nab ketgan mamlakatida chiqish muhrlari, qaytish chiptalari yoki Janubiy Afrikadagi yashash manzillarining yo‘qligi kirishning dastlabki bosqichda rad etilishiga sabab bo‘lgan.

Tekshiruvdan so‘ng, ushbu ma’lumotlarning yo‘qligi kelganlarning boshpana so‘rash niyati bilan bog‘liq emasligi aniqlandi, shundan so‘ng ularga uchoqdan tushishga ruxsat berilgan.

"Barcha sayohatchilarning amaldagi pasportlari bor va hozircha ularning hech biri boshpana so‘ramagan", dedi Ichki ishlar vaziri.

"Gift of the Givers" xayriya tashkiloti falastinliklarni uy-joy bilan ta’minlashni o‘z zimmasiga oldi.

Biroq, kelganlarning o‘zlari va Janubiy Afrika rasmiylarining keyingi rejalari noma’lum.

Janubiy Afrika fuqarolik jamiyati tashkilotlari odamlarning qochib ketishiga olib kelgan sharoitlarni, shuningdek, aniq parvoz yo‘nalishini tekshirishni talab qilishdi. Kelgan falastinliklardan biri eNCA telekanaliga Janubiy Afrikada, ya’ni "tinchlik, qonun va adolat mamlakatida" bo‘lganidan xursand ekanligini aytgan.

Falastin mustaqillik harakatiga hamdardlik 1990-yillarda Nelson Mandela falastinliklarni ochiqchasiga qo‘llab-quvvatlagan paytlarga borib taqaladi.

Surat manbasi, EPA

Surat tagso‘zi, Falastin mustaqillik harakatiga hamdardlik 1990-yillarda Nelson Mandela falastinliklarni ochiqchasiga qo‘llab-quvvatlagan paytlarga borib taqaladi.

"Biz har kuni o‘lim bilan yuzma-yuz bo‘lgan G‘azodan keldik. Ikki yillik urushdan omon qoldik va bu yerda bo‘lganimizdan xursandmiz", dedi rafiqasi va ikki farzandi bilan kelgan erkak.

Shu bilan birga, " Gift of the Givers" tashkiloti prezident Siril Ramafosadan Ichki ishlar vazirligi va Chegara xizmatlarini falastinliklar boshdan kechirgan "xo‘rlik" uchun tergov qilishni so‘radi.

Tashkilot asoschisi doktor Imtiyoz Sulaymonning so‘zlariga ko‘ra, odamlar o‘n soatdan ortiq vaqt davomida uchoqda kutishga majbur bo‘lishgan, ko‘ngillilar ovqat yetkazib berishga urinishganda ularga ovqat berilmagan va rasmiylar "yo‘lovchilarning uchoqdan tushishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha mumkin bo‘lgan bahonalardan foydalanishgan".

Janubiy Afrika uzoq vaqtdan beri Isroilning G‘azodagi harbiy amaliyotiga qarshi qattiq mavqeni egallab kelmoqda. Falastin mustaqillik harakatiga hamdardlik 1990-yillarda Nelson Mandela falastinliklarni ochiqchasiga qo‘llab-quvvatlagan paytlarga borib taqaladi.

Mojaro boshlanganidan beri butun mamlakat bo‘ylab Falastinni qo‘llab-quvvatlash uchun ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tdi, garchi Isroilni qo‘llab-quvvatlash uchun kichikroq norozilik namoyishlari ham bo‘lib o‘tgan bo‘lsa-da.

2023-yilda Janubiy Afrika hukumati Xalqaro Sudda Isroilga qarshi da’vo arizasi bilan murojaat qilib, uni G‘azodagi genotsidda aybladi — Isroil bu ayblovni qat’iyan rad etdi va uni asossiz deb atadi.