You’re viewing a text-only version of this website that uses less data. View the main version of the website including all images and videos.
Xususiy universitetlar - Bu ketishda O‘zbekistonga nima bo‘ladi? Podkast
- Author, O‘qituvchi, Anonim xat
- Role, Toshkent
- O'qilish vaqti: 2 daq
Bizga yaqinda bilimsiz, lekin oliy toifali kadrlar armiyasi kirib keladi, qarab turing.. Ish qidirib, davlat va xususiy universitetlarga murojaat qildim.
Davlatnikida muhit yaxshimas – dekanlar bosimi, forma, soqol, balo-badtar. Lekin bilimli talabalar bor.
Xususiy universitetga borsam, sharoitlari yaxshi. Lekin, o‘qituvchi sifatida qadrim bo‘lmas ekan, deb xulosa qildim.
Podkastimizni tinglang:
End of Mavzuga aloqador maqolalar:
Menga tushuntirishlaricha, o‘qituvchi sifatida men faqat gapirarkanman. Talabalarga qo‘yadigan baholarim, davomat belgilarim bir tiyin bo‘larkan.
Oraliq va yakuniy imtihonlarni talabalar telefonida topshirarmish. Javoblarini o‘zlari talabalarga berisharmish.
Agar talaba mening ustimdan shikoyat kelsa, bu men uchun minus bo‘lishini aytishdi. Yaqindagina eshitgandim, bir xususiy universitetda dars beradigan ayol o‘qituvchi ustidan talabalar uch marta arz qilishibdi – ko‘p asar o‘qitadi deb.
Amaliy fanlarga suhbatga chaqirildim.
Hozirgi uchinchi kursning sirtqi, kunduzgi, kechki ta’limida 4 mingga yaqin talaba. Ona tili va adabiyot, boshlang‘ichda 5 ming, iqtisod va bank ishidagi talabalar sonini tasavvur qilavering – ancha ko‘proq.
End of Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating
Filolog talabalar oddiy ega va kesim nimaligini bilishmadi. Imtihonsiz kirishgan-da.
Kontraktning eng arzoni – 11 million so‘m. Sifat-chi? Puli bo‘lsa, diplom olib chiqaveradimi?
Bir paradan boshlang‘ich va ona tili darslarini o‘tib berdim. Talabalarning ko‘pchiligida miya bo‘m-bo‘sh..
Yanayam achinarlisi, ularning yarmidan ko‘pi bu yildan allaqachon ishga kirishgan. Birining aytishicha, maktab direktoriga 300 dollar berib o‘qituvchilikka ishga joylashibdi. O‘zbek tilining eng oddiy qoidalarini ham bilmaydi. U qanday qilib ona tilidan dars beradi? Qanday qilib?
Xususiy universitetdagi ishim uchun har bir o‘tgan paramga 190 ming so‘mdan berishar ekan. Oylik davlat universitetlarinikidan yaxshi. Sharoitlar zo‘r. Hamma xonalarda elektron doskalar, davlatnikida bo‘r doska.
Lekin, bunday dars o‘ta olmasam kerak. Talabalarda na qiziqish, na bir reaktsiya bor.
Davlatnikida maosh 8 million atrofida bo‘larkan. Dekan buni hal qiladi asosan. Ishga kiraman desam, dekan poraga shama qilgan.
Xususiy universitetlarda 20 mingtadan oshiq talaba bo‘ladi, deyishsa, ishonmasdim. Rost ekan. Ular o‘n minglab. Hozirgi xususiy universitetlar yomg‘irdan so‘ngi qo‘ziqorindek ko‘payayotganini hisobga olsangiz, shu kunlarda millionlab sifatsiz kadrlar mamlakatimiz bo‘ylab “etishib chiqyapti”.
Ba’zilari hatto Rossiyada ishlab, O‘zbekistondagi xususiy universitetda “o‘qiyapti”. Bu superkontraktlarni to‘lash ham shunchalar oson bo‘lib qoldiki, hatto banklar atayin kontrakt puli uchun kreditlar beryapti. Ta’lim bozori har doimgidan qizigan.
Yaqinda bir to‘yxona oldidan o‘tayotib, sal tanimay qoldim. Tepasiga qarasam, universitet deb yozilibdi. To‘yxona ham universitet bo‘libdi.
Raqobat bo‘lgani yaxshi, universitetlar ko‘p bo‘lgani yaxshi, talabalar ko‘paygani yaxshi, lekin sifatni kimdir tekshiradimi? Bu ketishda O‘zbekistonga nima bo‘ladi?