Donald Tramp Buyuk Britaniyada: Ukraina taqdiri ham hal bo‘ladimi?

O'qilish vaqti: 2 daq

Prezident Donald Tramp va birinchi xonim Melaniya Tramp o‘zlarining Buyuk Britaniyaga davlat tashrifini rasman Vindzor qasrida boshladilar. Ular shahzoda Uilyam va malika Ketrin tomonidan kutib olindi, so‘ngra qirol Charlz va qirolicha Kamilla tomonidan rasman qarshi olindi. Tramp qirol va qirolicha bilan birga qirollik mulki bo‘ylab aravada tantanali yurish qildi.

Tashrifning ilk qadamlari ulkan ehtirom bilan boshlandi.

Britaniya hukumati AQShni NATOga va Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga undash maqsadini ko‘rsatish uchun bu tashrifga alohida e’tibor qaratgan.

Buning isboti sifatida, Buyuk Britaniya o‘z tarixidagi eng katta harbiy sharaf qorovulini - 1300 nafar harbiy xizmatchini safarbar etdi.

Trampning tashrifi strategik muzokaralarga ham boy bo‘ldi. U bosh vazir Sir Keir Starmer bilan birga harbiy samolyotlar parvozini tomosha qildi. Kechki ziyofat esa tashrifning asosiy voqealari ro‘yxatida turadi, unda qirol Charlz va Tramp nutq so‘zlaydi.

Inglizlarga Trampdan nima foyda?

Tashrif davomida muhim iqtisodiy kelishuvlar ham e’lon qilindi.

AQSh texnologiya gigantlari, jumladan Microsoft va Alphabet, Buyuk Britaniyaga 31 milliard funt sterling sarmoya kiritishini ma’lum qildi.

Bu sarmoyalar sun’iy intellekt, kvant hisoblash va yadroviy energiya kabi sohalarni o‘z ichiga oladi.

Biroq, Buyuk Britaniya eksportiga qo‘yilgan po‘lat bojini bekor qilish masalasida hozircha o‘zgarish yo‘q.

London musulmon hokimi nima dedi?

Tashrif xavfsizlik kuchaytirilgan sharoitda o‘tmoqda. Ko‘pgina tadbirlar jamoatchilikdan yashirin tarzda o‘tkazilmoqda.

Shunga qaramay, Vindsorda Trampga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi, hatto qasr devorlariga Tramp va voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy jinoyatlar mojarosi bilan tanilgan Epshtein bilan tushgan surati proektor orqali tushirildi. Buning ketidan esa kishi hibsga olindi.

London meri Sodiq Xon esa uning Britaniyaga tashrifi o‘ta o‘ng qanot siyosatchilarni yanada ruhlantirishidan xavotirda ekanligini aytdi.