You’re viewing a text-only version of this website that uses less data. View the main version of the website including all images and videos.
Uch taloq, dedi Dubay malikasi eriga - Dunyo, Birlashgan Arab Amirliklari
Dubay hukmdorining qizi eridan ajrashgani haqida ijtimoiy tarmoqda xabar berdi.
Shayxa Mahra bint Muhammad bin Rashid Ol Maktum Instagramdagi sahifasida nikohi tugagani haqida yozdi: "Shu munosabat bilan o'zimni ajrashgan deb e'lon qilaman".
Ushbu mavzuga oydinlik kiritish maqsadida BBC Birlashgan Arab Amirliklari rasmiylariga murojaat qildi.
Aloqador mavzular:
Hozircha Shayxa Mahraning eri - Shayx Mana bin Muhammad bin Rashid Mana Ol Maktumdan jamoatchilikka izoh berilgani yo'q.
Instagramdagi Shayxa Mahra e'lon qilgan post "Aziz Erim" deb boshlanadi va shunday yakunlanadi: "Taloq, taloq, taloq".
Taloq Islom dinida er va xotin o'rtasidagi nikohni rasman bekor qilish talab etiladigan shart hisoblanadi.
Taloq amaliyoti ko'p mamlakatlarda taqiqlangan, biroq "Uch taloq" deyish erga xotinidan tez va oson ajrashish imkoniyatini beradi.
"O'zingizni ehtiyot qiling! Sizning sobiq xotiningiz", deb yozgan o'z postida malika.
Shayxa Mahraning Instagramdagi sahifasidan erining barcha suratlari o'chirib tashlangan.
Shayx Mananing ijtimoiy tarmoqdagi sahifasidan ham xotinining fotolari g'oyib bo'lgan.
Ikki yosh 2023 yil aprelida oila qurgan edilar, dabdabali to'y marosimi bo'lib o'tgan edi.
Ularning to'ng'ich farzandi ikki oy oldin tug'ildi.
Instagramdagi ayrim sharhlarda foydalanuvchilar Shayxa Mahraning akkaunti xakerlik hujumiga uchragani haqidagi taxminlarni ilgari surdilar.
Bu taxmin haqiqatga mos kelishi haqidagi rasmiy e'lon berilgani yo'q.
Ushbu maqola e'lon qilingan vaqti Instagramdagi ajrashish haqidagi postga bir kun bo'lgan edi.
Dubay hukumati va Birlashgan Arab Amirliklarining Londondagi elchiligi sharh haqidagi so'rovlarga javob berganlari yo'q.
Telegram kanalimiz: https://t.me/bbcuzbek
BBC.COM/UZBEK
Telegramda bog'lanish raqami +44 7858860002