An‘anaviy o‘zbek jamiyatida jinsiy tarbiya qanday olib borilishi kerak?

Сурат манбаси, XINHUA
O‘zbekiston Bosh prokuraturasiga qarashli "Huquq" gazetasining xabar berishicha, Toshkent shahar Yakkasaroy tuman mahkamasi O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining sobiq rahbari Mannon Rahimovni OITS kasalligini keltirib chiqaruvchi VICh virusi haqida bolalar bilimini oshirishga qaratilgan plakatlarni qonunga xilof ravishda chop etganlikda aybdor, deb topgan.
Biroq, Mannon Rahimov O‘zbekiston Senati amnistiyasiga muvofiq, javobgarlikdan ozod etilgan.
"Huquq" gazetasida ta‘kidlanishicha, ekspertlar xulosasiga ko‘ra, O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati topshirig‘i bilan chiqarilgan plakat va yo‘riqnomalar yoshlarning jinsiy tarbiyasi, ta‘lim va nashriyot sohalariga oid mamlakat qonunlariga ziddir.
Jumladan, OIDSni keltirib chiqaruvchi VICh virusiga oid plakatlardan birida jinsiy aloqa haqidagi ma‘lumot mufassal bayon etilgan.
Toshkentdagi Qizil Yarim oy jamiyati Mannon Rahimovning jinoiy javobgarlikka tortilganiga oid xabarni tasdiqlay olmasligini aytdi. Jamiyat xodimiga ko‘ra, Mannnon Rahimov o‘tgan yil jamiyatdagi faoliyatini butkul to‘xtatgan.
O‘zbekistonda bolalar jinsiy tarbiyasiga oid aniq tartib va qoidalar mavjudmi?
Zamonaviy hayotda turli yangi kasalliklar xavfi paydo bo‘lgan ekan, an‘anviy jamiyatlar bunga qanday yondoshishlari lozim?
BBC ushbusavollar bilan Toshkentdan taniqli shifokor Dilmurod Irgashevga murojaat qildi.
Shifokor Irgashevga ko‘ra, O‘zbekistonda bolalarning jinsiy tarbiyasi "Oila kodeksi" kabi qonuniy me‘yorlarda aks ettirilgan, lekin ana‘naviy jamiyatda bu me‘yorlarni bajarish masalasi dolzarbdir.












