O‘zbekiston hukumati xalqqa quloq soladimi?

Сурат манбаси, fergananews.com
Toshkentda ko‘p yillik chinorlarning kesib tashlanishi O‘zbekiston tarixidagi birinchi ommaviy internet-petitsiyaga sabab bo‘lgan.
Petitsiyaga imzo chekkan minglab o‘zbekistonliklar hokimiyatdan "chinorlarni vahshiylarcha kesishni to‘xtatish"ni talab qilishgan.
Toshkent shahri hokimi Rahmonbek Usmonov, O‘zbekiston Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Baxtiyor Abdusamatov, O‘zbekiston Ekologik harakati rahbari, parlament quyi palatasining Ekologiya va Atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi Boriy Alixonovlar nomiga yo‘llangan petitsiyaga minglab insonlar imzo chekkan.
Ammo O‘zbekistonda hanuzgacha nafaqat internet, balki umuman fuqarolarning petitsiyasini ko‘rib chiqish tartibiga doir maxsus qonun yo‘q. Fuqarolarning murojaati to‘g‘risidagi mavjud qonunchilikda petitsiyalar ham, ularga javob berish ham nazarda tutilmagan. Dunyoning ko‘pgina davlatlarida internet-petitsiyaga mamlakat aholisining ma‘lum foizi imzo cheksa, ushbu petitsiya davlat idoralari, jumladan, qonunchilik idorasi tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak bo‘ladi. Jumladan, Rossiyada 2013 yil 4 martidagi prezident farmoniga muvofiq, davlat xizmatlari portali bilan birga internet petitsiya uchun maxsus sayt ishga tushirilgan. Petitsiya ko‘rib chiqilishi uchun uni 100 ming kishi yoki aholining 5 foizi qo‘llab-quvvatlashi kerak.
Buyuk Britaniyada esa 10 000 kishi imzo chekishi kifoya.
BBC O‘zbek xizmati ijtimoiy tarmoqlarda internet-petitsiyalar haqida mavzuni ko‘tarar ekan, O‘zbekistonda ham bu kabi hozirga qadar noan‘anaviy arzu hollar ko‘rib chiqilishi kerakmi, deb so‘ragan edi.
Fuqarolarning murojaati to‘g‘risidagi mavjud qonunchilik talabga javob beradimi?
Facebook dagi muxlislar fikrlari:
Farkhod Abdurakhmonov: Hali internet-petitsiyani qo‘yib turing, o‘sha fuqarolarning yozma murojaatlari to‘g‘risidagi Qonun qabul qilganligiga qancha vaqt bo‘ldi lekin amalda ishlamaydiku yoki ishonch telefoni deysizmi yoki boshqa har qanday norozilik da‘vo arizalari ham e‘tiborsiz qolib ketmoqda. Qonun balki qabul qilinar ammo u ishlamasa kimga kerak, nima nafi tegadi? Faqat xalqaro hamjamiyatga raport berish uchunmi?
Khafiz Khan: Kerak !!! Va ayibdorlar jazosini tortishi shart !!!!
Akbar Qarshiev: Albatta bu konunga kiritilishi kerak
Mirza Anvar Xamidov: Skver haqida; Marks turganida, chinorlar savlat to‘kib turishardi, uning o‘rnini Temirlang egalladiyu, bvrchasi kesilib ketdi..Bunda qanday hikmat bor?!
Namuna Nabiyeva: Siz o‘zbekmisiz? Nahotki, shunday ajdodlaringiz borligidan faxrlanmaysiz? Temirlang emish...
Shamsiddin Yunusaliyev: Vodiyda tamonlarda Namangan Andijon fargona tomonlarda deyarli katta azim chinorlar manimcha kesib bulindi Toshkentda endi boshlandi bu daraxtlani kesish ekalogiyaga foydalimi?
Abror Yusuvaliyev: Afsus azim Toshkentning chiroyiga chiroy kushib turgan shunday daraxtlar uvol buldi
Muhammad Ali: Ochigini ayatsam, menga bu xukumatni axmokona karorlari jonimga tegdi. Ana shunday sabablar juda kopayib ketkanligi bois men Uzbekistonda xozirda yashamayman va mendaka fikrlaydiganlar son mingta deb uylayman.
Xullas, qonunchilikda bo‘lmagani uchunmi va yo boshqa sabablar tufaylimi O‘zbekistonda chinorlar kesilishi borasida petitsiyaga hukumat hech qanday munosabat bildirgani yo‘q.
O‘quvchilarimizdan biri Behzod Kenjaboevning fikricha, davlat amaldorlarining eng yoshi 45 dan boshlanadi.
Ularning aksariyatida internet tushunchasi yo‘q, deb yozadi u.
O‘zbekistonlik jurnalistlardan biriga ko‘ra, ayni fikrda bir qadar jon bor bo‘lsa ham, asosiy muammo "xalq bilan hisoblashish" madaniyati shakllanmaganligidadir.
"Raisni ham, hokimni ham, vazirni ham va hatto prezidentni ham bizda xalq saylamaydi. Mansabdorlar xalqqa hisob bermaydi. Bu sir emas. Shunday ekan, internetda arz qilasizmi, telefondami ...farqi yo‘q. Qachon xalq haqiqiy tanlov bilan tepadagilarni saylab qo‘ysa, bu udumga kirsa, ana shundagina ular hisob beradigan bo‘ladi..."
- BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
- TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
- Instagram - BBC UZBEK
- Twitter - BBC UZBEK
- Odnoklassniki - BBCUZBEK
- Facebook - BBC UZBEK
- Google+ - BBC UZBEK
- YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
- Skype - uzbekbbclondon












