Hindiston: Yangi yilda ayollar tahqirlandi

Qurbon ayol

Сурат манбаси, Bangalore Mirror

Сурат тагсўзи, Shanba kuni oʻtgan tantanalarda koʻplab ayollarga tegajoqlik qilingan

Bangalordagi Yangi yil tantanalarida erkaklar tomonidan jinsiy tahqirlangan ayollarni "Gʻarbona kiyingan"i uchun ayblagan hindistonlik vazir tanqidlar ostida qoldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga koʻra, shanba kuni oʻtgan tantanalarda koʻplab ayollarga tegajoqlik qilingan.

Bangalordagi gazeta tana qismlarini bir guruh erkaklar siqib ushlaganidan shikoyat qilib yigʻlayotgan ayollarning suratlarini chop qildi.

Politsiya hech qanday shikoyat olmagani, ammo xavfsizlik kameralaridagi tasmalarni koʻrib chiqayotganini bildirgan.

Karnataka shtatining ichki ishlar vaziri G Parameshvara "Gʻarbliklarga nafaqat ongi, balki kiyinishi bilan taqlid qilayotgan yoshlar"ni aybladi.

"Bunday holatlar boʻlib turadi", - deya qoʻshimcha qilgan u.

Vazirning soʻzlari koʻplarni gʻazablantirdi.

Ayollar Milliy komissiyasi rahbari Lalita Kumaramangalam Ichki ishlar vaziri ayollardan kechirim soʻrashi kerakligi yoki isteʼfoga chiqishi kerakligini aytgan.

Markaziy hukumat ichki ishlar vazirining muovini Kiren Rijiju ham uning bayonotini "masʼuliyatsiz" deya tasvirladi.

Shanba kungi tantanalar Bangalorning markaziy biznes mavzesida boʻlib oʻtgan.

BBC muxbiriga koʻra, u yerga har yilgidan uch marta koʻp olomon - 10 ming yo 12 ming atrofida odam yigʻilgan. 1500 politsiyachilar esa vaziyatni nazorat qilishga qiynalganlar.

"Oʻrta sal ochilib, odamlar politsiyaga yetishishga muvaffaq boʻlganlarida, men ayollar oʻzlari tahqirlanganlari haqida politsiyachiga shikoyat qilayotganlarini koʻrdim. Politsiyachi ulardan qaysi erkaklar ekani haqida soʻradi, lekin ayollar ularni topib berisholmadi. Olomon quturgandek edi. Bir qiz erkaklar orasida qolib ketib yigʻlayotgandi", - dedi BBCga suratkash Ananta Subramanyam.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring