AQShda shtat miqyosida siyosiy lavozimni qo‘lga kiritgan birinchi musulmon ayol - G‘azala Hoshimiy kim?

Hindistonlik 61 yoshli G’azala Hoshimiy ko‘k kostyumda, yelkasigacha bo‘lgan qora sochli, minbarda mikrofonga gapirmoqda. Uning o‘ng qo‘li yuqoriga ko‘tarilib, ishora barmog’i yuqoriga ko‘rsatilgan.

Surat manbasi, Getty Images

Surat tagso‘zi, G‘azala Hoshimiy Virjiniya shtatining vitse-gubernatori etib saylanganidan so‘ng yig‘ilganlar oldida so‘zga chiqdi.
O'qilish vaqti: 2 daq

Demokrat nomzod Zohran Mamdaniyning Nyu-York meri sifatida g‘alabasi sarlavhalarni egallayotgan bo‘lsada, u seshanba kechasi tarix yaratgan yagona siyosatchi emas edi.

Uning hamfikri, demokrat G‘azala HoshimiyVirjiniyashtatida vitse-gubernator etib saylandi va shu tariqa Amerikadagi butun shtatlar orasida shtat miqyosidagi lavozimga saylangan birinchi musulmon ayolga aylandi.

"Bu mamlakatda va bu shtatda mavjud bo‘lgan chuqur va keng qamrovli imkoniyatlar sabab, ushbu yutuqqa erishish mumkin edi" dedi Hoshimiy g‘alaba nutqida.

Hoshimiy shtat miqyosida geyligini ochiq oshkor qilgan birinchi konservativ nomzod, sobiq radioshou boshlovchisi — respublikachi Jon Ridni mag‘lub etdi.

G'azala Hashmi musulmon ayol bilan rasmda
GETTY IMAGES
Men chetda turib, cheklangan jamoalarni nishonga olish va ularni aybdor qilishni jimgina kuzatish o‘rniga, javob bermoqchi bo‘ldim.
G'azala Hoshimiy
Batafsil:BBC.COM/UZBEK

Professorlikdan siyosatchilikka

1964 yilda Hindistonning Haydarobod shahrida tug‘ilgan Hoshimiy to‘rt yoshida onasi va akasi bilan birga AQShga ko‘chib o‘tgan. Ular otasi bilan birga Jordjiya shtatida joylashdilar — otasi Jorjiya Janubiy Universitetida dars berargan.

U maktabda irqiy segregatsiya hali ham bekor qilinayotgan davrda ulg‘aygan. O‘rta maktabni a’lo baholar bilan tamomlaganidan so‘ng Jorjiya Janubiy Universiteti va Atlanta shahridagi Emori universitetida tahsil oldi.

Hoshimiy deyarli 30 yil davomida Virjiniya shtatidagi kollej va universitetlarda adabiyot professori va ma’mur sifatida ishladi. 2019 yilda esa Donald Trampning "Musulmonlar taqiqi" deb nomlangan siyosati uni siyosiy lavozimga nomzod bo‘lishga undadi.

Donald Tramp, 70 yoshlarda, oq sochli, qizil galstuk va qora kostyum kiyib, stol qarshisida o‘tiribdi, uning ikki yonboshida qora kostyum kiygan ikki kishi turibdi. U hujjat imzolayapti.

Surat manbasi, Reuters

Surat tagso‘zi, Hoshimiy Donald Trampning siyosatiga qarshilik ko‘rsatgani uchun davlat lavozimlariga nomzod bo‘ldi.

Inqiroz davri

Hoshimiy Trampning birinchi muddati davrida musulmon amerikalik sifatida "inqiroz lahzasi"ga duch kelganini ta’rifladi. "Men ko‘proq ijtimoiy va ko‘zga ko‘rinadigan faoliyatlarda bo‘lishim va bu masalalarga javob berishim kerakdek his qildim," dedi u 2020-yilgi intervyusida.

2019 yilda u Respublikachilar tomonidan egallab turilgan Shtat Senati o‘rni uchun kurashib, kutilmagan g‘alabaga erishdi va Demokratlarga yillar davomida birinchi marta qonun chiqaruvchi organni nazorat qilishga yordam berdi. U o‘shanda ham tarix yaratdi: Virjiniya Shtati Senatida o‘rin egallagan birinchi musulmon ayol bo‘ldi.

Bu yilgi Virjiniya vitse-gubernatorligi uchun muvaffaqiyatli kampaniyasida u davlat ta’limini qo‘llab-quvvatlash, hukumat tomonidan moliyalashtiriladigan Medicaid sog‘liqni saqlash tizimini kengaytirish va abort huquqlarini himoya qilishga e’tibor qaratdi.

Seshanba kungi g‘alaba nutqida Hoshimiy yana siyosatga kirish qarorini eslatib o‘tdi. U o‘z tarafdorlariga: "Men chetda turib, cheklangan jamoalarni nishonga olish va ularni aybdor qilishni jimgina kuzatish o‘rniga, javob bermoqchi bo‘ldim", dedi.