Zilzila masjidlarda juma namozini o‘qiyotgan yuzlab musulmonni ham o‘ldirdi

Imom

Surat manbasi, BBC / Neha Sharma

    • Author, Zeyyar Xtun va Tessa Vong
    • Role, BBC Mьyanma xizmati va BBC News
  • O'qilish vaqti: 3 daq

Hamma jasadni ham o‘sha kunning o‘zida dafn etishning imkoni bo‘lmagani aytilmoqda.

Mьyanmadagi qaqshatqich yer silkinishining oqibatlariga oid yangi tafsilotlar yuzaga chiqmoqda.

Nima gap?

Mьyanmadagi zilzila

Surat manbasi, AS SUPPLIED TO SOE NAY OO

Surat tagso‘zi, Mьyanmaning ikkinchi yirik shahri Mandalay va Sagayng yaqinida yuz bergan kuchli zilzila oqibatida 2700 dan ziyod odam qurbon bo‘ldi.

Sagayngda juma namoziga azon aytilarkan, Mьyanma markazidagi beshta masjidga shoshilgan musulmonlarning soni yuzlab edi.

Hayitga sanoqli kunlar qolgan, ular musulmonlar uchun muqaddas Ramazon oyining so‘nggi juma namozini o‘qish ilinjida edilar.

Ammo mahalliy vaqt bilan soat 12:51 da halokatli zilzila yuz berdi.

Kuchli yer silkinishi natijasida jome’si ilova uch masjid qulab tushdi, masjiddagilarning deyarli barchasi qurbon bo‘ldi.

Zilzilaning kuchini Tailandning Mьyanmaga chegaradosh Mae Sot shahrida Mioma shahrining sobiq imomi So Nay U ham his qildi.

U tabiiy ofat ortidan, 170 ga yaqin qarindoshlari, do‘stlari va sobiq jamoati a’zolari, asosan, masjidlarda vafot etishganidan xabar topdi.

Qurbonlardan ayrimlari shahardagi jips musulmon jamoasining yetakchi vakillari edi.

"Xayolim jon bergan barcha odamlar va farzandlarida, ulardan ayrimlari yosh bolalardir", - dedi u Bi-bi-siga. – Bu haqda gapirganda, ko‘z yoshlarimni tiya olmayman".

Mьyanmaning ikkinchi yirik shahri Mandalay va Sagayng yaqinida yuz bergan kuchli zilzila oqibatida 2700 dan ziyod odam qurbon bo‘ldi.

Qutqaruvchilar jasadlarni vayronalar ostidan olib chiqishda davom etisharkan, qurbonlar sonining yanada ortishi kutilmoqda.

Musulmonlar yashovchi mintaqa

Mьyanma

Surat manbasi, Reuters

Surat tagso‘zi, Sagayngdagi guvohlarning Bi-bi-siga aytishlaricha, zilziladan ham shaharda eng ko‘p masjidlar joylashgan yo‘l – Mioma ko‘chasi eng ko‘p zarar ko‘rgan. Ko‘chadagi boshqa ko‘plab uylar ham qulab tushgan.

Bu mintaqa o‘zining qadimiy buddaviy ibodatxonalari bilan mashhur, ammo mazkur ikki shaharda musulmonlar ham salmoqli sonda yashaydi.

Mamlakat lideri Min Aung Hlayng dushanba kuni e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 500 ga yaqin musulmon masjidlarida namoz o‘qiyotgan paytda halok bo‘lishgan.

Sagayngdagi guvohlarning Bi-bi-siga aytishlaricha, zilziladan ham shaharda eng ko‘p masjidlar joylashgan yo‘l – Mioma ko‘chasi eng ko‘p zarar ko‘rgan. Ko‘chadagi boshqa ko‘plab uylar ham qulab tushgan.

U yerdagi yuzlab odamlar esa, boshpanasiz qolishgan va yoki yana yer silkinadi, degan qo‘rquvda hamon yo‘l chekkasida jon saqlab turishibdi. Oziq-ovqat ham taqchil.

Kecha, seshanba kuni ham vayron bo‘lgan masjidlar ostidan jasadlarni olib chiqish ishlari davom etgan.

Mьyanmaning zilziladan jabr ko‘rgan boshqa hududlari kabi bu yerdagi musulmonlar ham katta sondagi jasadlar muammosi qarshisida qolishgan.

Harbiy xunta va ularga qarshilik ko‘rsatayotgan guruhlar o‘rtasidagi davomiy janglar ularni ham qiyin ahvolda qoldirgan.

Sagayngdagi musulmonlar qabristoni isyonchi Xalq Mudofaa kuchlari nazorati ostidagi hududga yaqin joylashgan va bir necha yildan buyon jamoatchilikka yopiq.

Harbiylar zilziladan keyin ham Sagayngning ayrim hududlarini bombalashda davom etishgan.

Skip Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating: and continue readingBizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:

End of Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:

Mayitlar taqdiri

Sobiq imom
BBC / Neha Sharma
Musulmonlar uchun eng achinarlisi - vafot etgan yaqinlaringni o‘zing qabrga qo‘ya olmasligingdir...
So Nay U
Myanmalik sobiq imom - batafsil: bbc.com/uzbek da.

So Nay Uning aytishicha, Sagayngdagi musulmonlar jamoasi jasadlarni ikki shaharni bog‘lovchi yagona Irravadi ko‘prigi orqali Mandalayga olib o‘tishgan.

Ular mayitlarni dafn etish uchun Mandalaydagi eng yirik masjidda qoldirishgan. Ammo Islomiy tartib-qoidalarga to‘liq amal qila olishmagan, ayrim jasadlar o‘sha kunning o‘zidayoq tuproqqa qo‘yilmagan.

"Musulmonlar uchun eng achinarlisi - vafot etgan yaqinlaringni o‘zing qabrga qo‘ya olmasligingdir", - deydi So Nay U.

Boshlariga tushgan ko‘rgulikdan o‘zlariga kelishga urinayotganlariga qaramay, omon qolganlar ham qutqaruv ishlariga yordam berishayotir.

So Nay Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, hududdagi zilziladan jabr ko‘rgan kamida 1000 nafar musulmon hanuz yordamga muhtoj.

U Mьyanmada imom bo‘lgan, biroq 2021 yilgi davlat to‘ntarishidan keyin Tailanddga qochgan, o‘sha yerda inson huquqlarini himoya qilish bilan shug‘ullangan.

Maqola biroz qisqartirilgan shaklda berilmoqda.

Bangkokdan.