Allamjonovga suiqasd mahkamasi maxfiy bo‘lmoqda, xabarlarda DXX panaga o‘tdimi, Kanalda 10 dan ortiq eshak go‘shti topildi

Allamjonov

Surat manbasi, facebook.com/k.allamjonov

O'qilish vaqti: 2 daq

O‘zbekiston prezidenti devonining sobiq amaldori Komil Allamjonovga suiqasd ishi yuzasidan mahkama Harbiy sudda boshlandi. Rahbari o‘zgargandan so‘ng DXX Telegram kanali yangilanmayapti, xabarlarda DXX nomi keltirilmayapti. Oqqo‘rg‘on tumanida 10 oshiq eshak go‘shti kanalga orttirildi. O‘zbekistonning muhim yangiliklari.

Allamjonovga suiqasd ishi sudda ko‘rilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamentining sobiq rahbari Komil Allamjonovga suiqasd ishi yuzasidan mahkama Harbiy sudda boshlangan.

Bu haqda Inson huquqlari "Ezgulik" jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov xabar berdi. Uning aytishicha, mahkama mutlaqo maxfiy tarzda o‘tmoqda.

"Mahkama mutlaqo maxfiy: sudlanuvchilar soni ko‘pligi, qo‘yilayotgan ayblov jiddiyligi va uning jamoatchilik uchun muhimligiga qaramay yana mavhumlik hukm surmoqda", deydi Tashanov.

Shu yilning 26 oktyabr kuni Prezident devoni sobiq amaldori Komil Allamjonov o‘tirgan mashina Qibray tumanida noma’lum shaxslar tomonidan o‘qqa tutilgandi.

Hodisadan sobiq amaldor va haydovchisi jarohatlanmagani aytilgan.

Shundan biroz o‘tib O‘zbekiston DXX rahbari ishdan olingan.

DXXda nima gaplar?

"Xavfsizlik" kanaliga oxirgi xabar 22 noyabrda qo‘yilgan

Surat manbasi, Screenshot

Surat tagso‘zi, "Xavfsizlik" kanaliga oxirgi xabar 22 noyabrda qo‘yilgan

Komil Allamjonovga suiqasd ishidan ko‘p o‘tmasdan Davlat Xavfsizlik Xizmatini boshqarib kelayotgan general-leytenant Aziz Abdusalomov ishdan oldindi.

Uning o‘rniga Mudofaa vaziri bo‘lib ishlab kelgan Bahodir Qurbonov yangi rais etib saylandi.

Ushbu tayinlovdan qariyb 1,5 oy o‘tib, O‘zbekistondagi mansabdorlar 2,2 mlrd so‘mdan ortiq pora bilan qo‘lga olingani haqida xabarlar chiqdi.

Mahalliy nashrlar "Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Namangan, Samarqand, Sirdaryo viloyatlaridagi mansabdorlarning korruptsiyaviy faoliyatlariga chek qo‘yildi", deb yozdi.

Rasmiy xabalarda ichida Ichki ishlar xodimi ham bo‘lgan amaldorlarni katta miqdorda pora bilan qo‘lga tushirgan huquqni muhofaza qiluvchi organ yoki organlar nomi oshkor qilinmadi.

kun.uz
DXXning Telegramdagi "Xavfsizlik" kanali sobiq rais Abdusalom Azizov haqidagi xabaridan so‘ng ishlamay qoldi. Azizovning davlat va prezidentga sodiqligi aytilgan xabar ham o'chgan.
Hulkar Murtazayeva
Jurnalist (Batafsil: bbc.com/uzbek)

Abdusalom Azizov rahbarligi davrida bunday xabarlar DXXning telegram kanali deb ishoniladigan "Xavfsizlik" kanalida "Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ushlandi" qabilidagi jumlalar bilan berilardi.

Biroq ushbu kanalda eng oxirgi xabar 22 noyabrda yangilanganini ko‘rish mumkin. 23 noyabr kuni kun.uz "Abdusalom Azizov lavozimidan haydaldi", deb yozgandi.

Jurnalist Hulkar Murtazaeva "DXXning Telegramdagi "Xavfsizlik" kanali sobiq rais Abdusalom Azizov haqidagi xabaridan so‘ng ishlamay qoldi", deb yozdi.

Jurnalistning aytishicha, "Azizovning davlat va prezidentga sodiqligi aytilgan o‘sha xabar ham allaqachon o‘chirib yuborilgan".

Kanaldan eshak go‘shti topildi

eshak suyaklari

Surat manbasi, Оққўрғон ҳокимлиги

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidan oquvchi "Tosh" kanalidan eshak go‘shti topilgan.

Tuman hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda chiqqan "Oqqo‘rg‘onda 13 ta eshakni ichak-chavoqlari va suyaklari tashlab ketilibdi" degan xabarni tasdiqlagan.

Holat yuzasidan ishchi guruh tuzilib, o‘rganish ishlari boshlangan.

"Aniqlanishicha, voqea tumanning "Qo‘rg‘ontepa" MFY hududida sodir bo‘lgan. Mahalla aholisi va mas’ullar bilan suhbatlashib, huquqbuzarlarni aniqlash chora-tadbirlari ko‘rilmoqda", deyiladi hokimlik xabarida.

Viloyat IIBB matbuot xizmatining xabar berishicha, holat bo‘yicha 3 nafar shaxs gumondor sifatida jalb qilingan va tergovga qadar tekshiruv harakatlariga kirishilgan.