Эксклюзив: Ҳаж олдидан Мадинага бир назар

    • Author, Мўбин Ғафурий
    • Role, Би-би-си, Мадина

Мусулмонларнинг муқаддас Ҳаж зиёратига саноқли кунлар қоларкан, ҳозир Мадинада бўлган мухбиримиз Мўбин Ғафурий ўз фоторепортажида сўнгги ҳозирликларга назар ташлайди.

Har yili butun dunyodan millionlab musulmonlar muqaddas Haj ziyoratini ado etish uchun Saudiya Arabistoniga yo‘l solishadi.
Сурат тагсўзи, Har yili butun dunyodan millionlab musulmonlar muqaddas Haj ziyoratini ado etish uchun Saudiya Arabistoniga yo‘l solishadi.
Bu yilgi Haj ziyoratining 2 oktyabr kuni boshlanishi kutilayotgan esa-da, allaqachon Saudiya Arabistoniga yetib borgan bo‘lajak hojilarning keti ko‘rinmaydi. Bunga birgina Madinai munavvaraning o‘zi misol...
Сурат тагсўзи, Bu yilgi Haj ziyoratining 2 oktyabr kuni boshlanishi kutilayotgan esa-da, allaqachon Saudiya Arabistoniga yetib borgan bo‘lajak hojilarning keti ko‘rinmaydi. Bunga birgina Madinai munavvaraning o‘zi misol...
Muqaddas Haj ziyorati boshlanmay turib, hozirning o‘zidayoq Madinada bo‘lgan afg‘onistonlik ziyoratchilarning o‘zi yuzlabdir.
Сурат тагсўзи, Muqaddas Haj ziyorati boshlanmay turib, hozirning o‘zidayoq Madinada bo‘lgan afg‘onistonlik ziyoratchilarning o‘zi yuzlabdir.
Bo‘lajak hojilar Makkai Mukarramaga qarab yo‘lga tushishdan oldin Islom dini payg‘ambari Muhammad (s.a.v) maqbarasini ham ziyorat qilishadi.
Сурат тагсўзи, Bo‘lajak hojilar Makkai Mukarramaga qarab yo‘lga tushishdan oldin Islom dini payg‘ambari Muhammad (s.a.v) maqbarasini ham ziyorat qilishadi.
"Qiblatayn" ("Ikki qibla") doxil Madinadagi tarixiy masjidlarda, agar ta‘bir joiz bo‘lsa, "qirq namoz" amalini ado etishadi, kunlab toat-ibodatda bo‘lishadi.
Сурат тагсўзи, "Qiblatayn" ("Ikki qibla") doxil Madinadagi tarixiy masjidlarda, agar ta‘bir joiz bo‘lsa, "qirq namoz" amalini ado etishadi, kunlab toat-ibodatda bo‘lishadi.
Madina shahri yer yuzidagi barcha mo‘min-musulmon ziyoratini orzu qiladigan muborak manzil sanaladi.
Сурат тагсўзи, Madina shahri yer yuzidagi barcha mo‘min-musulmon ziyoratini orzu qiladigan muborak manzil sanaladi.
Islom tarixida birinchi qurilgan "Qubo" masjidi Makkai mukarrama tomondan Madinai munavvaraga kirib kelishdagi bir tepalikda bunyod etilgan. Madina shahri ziyoratiga borgan kishilar Qubo masjidida to‘xtab, namoz o‘qiydilar.
Сурат тагсўзи, Islom tarixida birinchi qurilgan "Qubo" masjidi Makkai mukarrama tomondan Madinai munavvaraga kirib kelishdagi bir tepalikda bunyod etilgan. Madina shahri ziyoratiga borgan kishilar Qubo masjidida to‘xtab, namoz o‘qiydilar.
Madinai munavvarada Islom dini payg‘ambarining o‘n yil istiqomat qilganliklari, Qur‘oni karim oyatlarining bir qismi Madinada nozil bo‘lgani aytiladi.
Сурат тагсўзи, Madinai munavvarada Islom dini payg‘ambarining o‘n yil istiqomat qilganliklari, Qur‘oni karim oyatlarining bir qismi Madinada nozil bo‘lgani aytiladi.
Bo‘lajak hojilar "Qiblatayn" va "Qubo" masjidlari bilan birga Madina yaqinidagi "Uhud tog‘i shahidlari" majmuasini ham ziyorat qilishadi. Rivoyatlarda Uhud tog‘ini jannatga kiradigan tog‘lardan biri, deb ham bayon qilinadi.
Сурат тагсўзи, Bo‘lajak hojilar "Qiblatayn" va "Qubo" masjidlari bilan birga Madina yaqinidagi "Uhud tog‘i shahidlari" majmuasini ham ziyorat qilishadi. Rivoyatlarda Uhud tog‘ini jannatga kiradigan tog‘lardan biri, deb ham bayon qilinadi.
Butun dunyodan millionlab musulmonlarning Haj ziyorati uchun safar qilishlari har yili Saudiya Arabistoni xazinasiga milliardlab dollar foyda keltirishi aytiladi.
Сурат тагсўзи, Butun dunyodan millionlab musulmonlarning Haj ziyorati uchun safar qilishlari har yili Saudiya Arabistoni xazinasiga milliardlab dollar foyda keltirishi aytiladi.
Neftdan ulkan foyda ko‘ruvchi mamlakat uchun musulmonlarning haj safarlari ham ulkan daromadli sohaga aylanib ulgurgan.
Сурат тагсўзи, Neftdan ulkan foyda ko‘ruvchi mamlakat uchun musulmonlarning haj safarlari ham ulkan daromadli sohaga aylanib ulgurgan.
Biroq ziyoratchilar ruhiy ehtiyojlarini cho‘ntaklariga qarab muvofiqlashtirishga harakat qilishadi. Haj Islom dinidagi beshta farzdan biri bo‘lib, musulmon kishi iqtisodiy va jismonan bunga tayyor bo‘lib, qurbi yetsa buyuriladi.
Сурат тагсўзи, Biroq ziyoratchilar ruhiy ehtiyojlarini cho‘ntaklariga qarab muvofiqlashtirishga harakat qilishadi. Haj Islom dinidagi beshta farzdan biri bo‘lib, musulmon kishi iqtisodiy va jismonan bunga tayyor bo‘lib, qurbi yetsa buyuriladi.
Ammo Saudiya Arabistonidagi restoranlar, turistik agentliklar, aviashirkatlar va telefon kompaniyalari haj marosimi vaqtida eng katta foydani olishadi.
Сурат тагсўзи, Ammo Saudiya Arabistonidagi restoranlar, turistik agentliklar, aviashirkatlar va telefon kompaniyalari haj marosimi vaqtida eng katta foydani olishadi.
Shaharda qurilgan dabdabali mehmonxonalarda turish imkoniga hamma ziyoratchilar ham ega emas.
Сурат тагсўзи, Shaharda qurilgan dabdabali mehmonxonalarda turish imkoniga hamma ziyoratchilar ham ega emas.
Yodgorliklar savdosi ham haj mavsumi paytida juda daromadli hisoblanadi.
Сурат тагсўзи, Yodgorliklar savdosi ham haj mavsumi paytida juda daromadli hisoblanadi.
Bu daromadli sohaning aynan qancha foyda keltirishi aniq bo‘lmasa ham, taxminlarga ko‘ra, har yili millionlab dollarlardan kam emas.
Сурат тагсўзи, Bu daromadli sohaning aynan qancha foyda keltirishi aniq bo‘lmasa ham, taxminlarga ko‘ra, har yili millionlab dollarlardan kam emas.
Ham Madina va ham Makkada joynamozlar va Xitoyda yasalgan tasbeh, munchoqlarning bozori juda chaqqon hisoblanadi.
Сурат тагсўзи, Ham Madina va ham Makkada joynamozlar va Xitoyda yasalgan tasbeh, munchoqlarning bozori juda chaqqon hisoblanadi.
Musulmonlarning birdamligi va Allohga e‘tiqodini namoyish etuvchi marosim qariiyb 1400 yildan buyon davom etib keladi. Bu safar musulmonlarga qanchaga tushishi, iqtisodiy xarajatlarning oshib borayotganiga qaramasdan ziyoratchilar ruhiy ehtiyojlarini qondirishda davom etishadi.
Сурат тагсўзи, Musulmonlarning birdamligi va Allohga e‘tiqodini namoyish etuvchi marosim qariiyb 1400 yildan buyon davom etib keladi. Bu safar musulmonlarga qanchaga tushishi, iqtisodiy xarajatlarning oshib borayotganiga qaramasdan ziyoratchilar ruhiy ehtiyojlarini qondirishda davom etishadi.