Skip to main contentAccess keys helpA-Z index
BBCUzbek.com
Рус хизмати
Қирғиз хизмати
Озарбайжон хизмати
Турк хизмати
Араб хизмати
Форс хизмати
Сўнгги янгиланиш: 05 Феврал, 2008 - Published 14:45 GMT
Дўстингизга йўллангПринт - босма кўриниши
ФОРУМ: Сўз Сизга


Ўзбекистондаги сўнгги ўзгаришлар нимани англатади?

Озод этилган фаоллар орасида Саиджаҳон Зайнобиддинов ҳам бор
Озод этилган фаоллар орасида Саиджаҳон Зайнобиддинов ҳам бор
Сўнгги кунларда Андижон воқеалари ортидан ҳисбга олинган қатор ўзбекистонлик сиёсий маҳбуслар - инсон ҳуқуқлари фаоллари ҳамда мустақил журналистлар қамоқхоналардан озод этилишмоқда.

Хабарларга кўра, АҚШ мулозимлари ва дипломатлари ҳам Ўзбекистон билан алоқаларни қайта тиклашга интилаётгандек кўринмоқдалар.

Хуллас, сўнгги янгиликлар президент Каримов инсон ҳуқуқлари соҳасидаги сиёсатини юмшатмокдами? Ўзбекистоннинг Ғарб билан муносабатлари илиқлашмоқдами ва ё бу ташқи босим натижасими каби саволларни ўртага ташламоқда.

Сизнинг фикрингиз:

1. Қатор ўзбекистонлик сиёсий маҳбуслар - инсон ҳуқуқлари фаоллари ҳамда мустақил журналистларнинг қамоқхоналардан озод этилиши билан боғлиқ Ўзбекистондаги сўнгги ўзгаришлар, сизнингча, нимани англатади? Сиз, сўнгги янгиликларга қандай баҳо берган бўлардингиз?


Фикру мулоҳазаларингизни bbcuzbek.com га йўлланг.

Бизнинг электрон манзилимиз : [email protected] га мактуб жўнатишингиз ёда саҳифанинг ўнг томонидаги махсус форма орқали фикрларингизни билдиришингиз мумкин.

Муштарийларимиз фикру мулоҳазаларига асосланган суҳбатимизни ҳафта давомида "Дараклар" дастуримизда тинглай оласиз.

Биз сизнинг фикру мулоҳазаларингизни кутиб қоламиз.



Муштарийларимиз фикру мулоҳазалари

Tohir Yusupov, O'zbekiston

Men bu holni ichki siyosatdagi o'zgarish sifatida kutib olganman. Men bu bilan O'zbekistonning ayrim mustaqil jurnalistlar va inson huquqlari faollarining ozod etilishi bilan bog'liq voqealarni ijobiy deb aytgan bo'lar edim. Ya'ni bu G'arb bosimi ostida emas, balki O'zbekistondagi insoniy tuyg'ularning yana bir bor yuqoriga ko'tarilishi bilan bog'liq deb hisoblayman. Men Prezident I.Karimovning bu boradagi harakatlarini qo'llab-quvvatlayman, albatta. Bunday harakatlar ehtimol, O'zbekistonni Yevropa bilan yaqinlashishiga yo'l ochar. Yevropani shu fursatdan foydalanib, O'zbekistonga nisbatan qo'ygan sanktsiyalarini yaqinda bo'lib o'tadigan yig'ilishda olib tashlashini iltimos qilar edim. Yevropa o'zini O'zbekiston uchun yopishi kerak emas. Chunki O'zbekistonni faqat Xitoy va Rossiya doirasida qoldirish bu faqatgina Yevropa uchun yaqin kelajakda zararga aylanishi mumkin. To'g'ri, hozir Yevropa buni sezmasligi mumkin, biroq vaqt, shunday payt keladiki, Yevropa o'zining bu siyosatidan pushaymon bo'lib qoladi.

Abror Sharipov, AQSH

Hammaga ma'lum-ki, Janob Karimov juda makkor siyosatchi. 2005 yilgi Andijon voqeasidan keyin, G'arbning O'zbekistondan uzoqlashishi Karimov uchun qo'l kelmadi shekilli. Shu sababli, oxirgi "saylov"dan so'ng bergan ma'ruzasida, "biz G'arb va Amerika bilan tushunmovchiliklarni bartaraf qilish ishtiyoqidamiz", ruknida AQSH va Ovro'pa davlatladiga ixtilob qilgandi. Shundan so'ng, bilganingizdek, Ovro'pa diplomatlari-yu AQSH harbiylari Karimov bilan ko'rishish ishtiyoqini bildira boshladi. Endi O'zbek oppozitsiyasining ayrimlarinini, yana qaytaraman, AYRIMLARINI ozod etilishi ham Karimovning ustabirona g'arbliklarni ko'zini shamalash uslubidir. Ammo men, albatta, qamoqdan chiqarib yuborilgan inson huquqlari himoyachilarini tabriklayman va har qanday Amnistiya tarafdoriman.

Fazilat Mamurova, USA

Yuqorida ko'pgina hamyurtlarimning fikrlarini o'qib xursand bo'ldim. Demak, O'zbekistonni o'ylayaotgan va u erdagi "shaytonchalar o'yini"ni anglab turgan hamyurtlarimiz bor.O'zbekistondagi so'nggi yangilik va o'zgarishlar, jumladan, Saidjahon Zaynobiddinovning ozod qilinishini inson xuquqlari borasidagi siyotsatni yumshatish deb tushunmagan bo'lardim. O'zbekiston rahbarlarida shu darajada o'zboshimchalik avj olganki, agar ularga inson huquqlari haqida gap ochsangiz, shunchaki mazax qilganday kulib qo'yishadi. Afsus, bu xaqiqat, u achchiq, lekin haqiqat. Albatta, bu o'zgarishlar yaxshilikka bo'lishini hamma xohlaydi. Biroz erkinlik ham kerak fuqaroga, har doim qo'rquv va tazyiqda yoki xavotirda yashash ham umr zavoli. O'zbekistonning G'arb bilan aloqalarini uzishining o'zi bir xatolik bo'lgan, nazarimda. Davlatlararo aloqa bu rivojlanish va tarraqiyot uchun eng yaxsi imkoniyat. G'arb davlatlari bilan aloqalarning yaxsilanishi orqali O'zbekistonga ko'p miqdorda sarmoya olib kirish mumkin. Har sohada buni qo'llash mumkin nazarimda. Umid qilamanki, O'zbekistondagi so'nngi yangiliklar o'zining yaxshi samarasi va natijasini beradi.

Akmal Ondiev, O'zbekiston

Juda xursand bo'ldik, ko'pchilik huquq himoyachilarining ozod qilinganidan. Saylov o'tdi, xotirjam bo'lgan, keyin esga tushdi.

Girl, UK

Fikrimcha, bu shunchaki G'arbning salbiy fikrini o'zgartirish uchun qilinayotgan bir ko'zbo'yamachilik. Prezidentlik saylovlari otdi, Karimov 7 yilga o'zini saylab oldi, tassavur qilaylik, saylovlardan 1 yoki 2 yil oldin, Zaynobiddinov kabi odamlarning ko'zini ochadigan, tuzumga qarshi fikr yuritadigan odamlar albatta Karimovga qo'l kelmasdi, ya'nikim, uning amalida qolishi uchun tahdid tug'dirar edi. Shuning uchun, G'arbning tanqidlarini ham pisand etmasdan, "o'zgacha fikrlovchilar"ni ihotaladi, endi bu tahdid deyarli yo'qolib ketdi, G'arb ham yon bosa boshladi, xo'sh nima uchun Karimov ham o'zini oqlashga harakat qilmasin?! Zaynobiddinov kabilar ham "o'z o'rniga qo'yildi" vaqtinchaga bo'lsa ham. Yetti yilgacha G'arb bilan ham dushmanona munosabatda bo'la olmaydi. Xullas, bu nayranglarning birgina yaxshi tomoni, ba'zi bir odamlarga shaxsan foydasi tegdi, ya'ni ozodlikka chiqdi. Lekin minglab qolganlarichi...

Farhod, London

Omad hamisha kuchliga boqadi. Karimov o'zi intilgan niyatiga har qanday narx evaziga bo'lsa ham erishyapti. Chunki bir insonning egallab turgan amali uchun bir millat to'lamasligi kerak. Rossiya nima uchun bunchalik Karimovni sevib qoldi, shunisi juda qiziq. Balki arzon o'zbek xom ashyosi uchunmikan?

Muhiddin Quqondiy, Shvetsiya

Каримов қўрққан нарса ортда қолди, энди вазият юмшаши мумкин.

Abdurrahmon, Uzbekistan

Охирги ўзгаришларни қуйидагича таҳлил қиламан: Ғарб билан келишилган ҳолда баъзи бир сиёсий маҳбусларни "овозларини буғган ҳолда" озод қилинади, шунда Ғарб ўзбек ҳукуматини бироз мақтаб қўяди, бунинг муқобилида Каримов ғарб давлатларининг Ўзбекистондаги стартегик ғояларига йўл очиб беради ва ўз диктаторлигида яна давом этади. Мен Ўзбекистонда ижобий ўзгариш бўлишига қачонки Абдували қори озод қилиниб, Обидхон қори ҳам ватанга эсон-омон қайтсагина ишонаман. Бу нарса бугун амри маҳол туюлса ҳам, эрта-индин албатта амалга ошади деб умид қиламан.

Odiljon Maxdumiy, Qirg'iziston

Bunday jarayonlar yangilik emas. Bu hukumatning vaqti-vaqti bilan dunyo hamjamiyati nigohida, go'yoki o'zida, inson huquqlarini poymol qilinmayotganini oqlash uchun topgan navbatdagi siyosatlaridan biri.

Farhod, Britaniya

Assalomu alaykum. Men bu yangilikni eshitib juda xursand bo'ldim. Unday rostgo'y insonlarni 1 oy, balki 1 hafta ham qamash mumkin emas, chunki ular jinoyatchi emasdirlar. Vatandagi so'nggi o'zgarishga sabab: 1. G'arbning bosimi. 2. Keyin G'arbning iliq munosabatlari. 3. Paxta savdosi. 4. May oyida qayta ko'rib chiqiladigan sanktsiyalar. Lekin Britaniyadan qaytgan talabalarni qamash, bosimlar davom etmoqda. Juda ko'p ayibsiz insonlar hanuz qamoqda. Tahririyat uchun tashakkurlarim.

SAID, O'ZBEKISTON

HAR NARSANING POYONI BOR. LEKIN BUNI "O'ZGARISHLAR" DEB OVOZA QILISHGA ERTA MENIMCHA.

Исм
Фамилия*
Манзил
Мамлакат
Электрон манзил
Телефон*
* Ихтиёрий
Фикрингиз
Сиз берган шахсий маълумот bbcuzbek.com томонидан фақатгина талабномангизни қондириш мақсадида ишлатилади
Сўнгги янгиликлар
Дўстингизга йўллангПринт - босма кўриниши
BBC Copyright Logo^^ Юқорига қайтиш
Bosh Sahifa|Ob –havo|Dasturlar|To’lqinlar
BBC News >> | BBC Sport >> | BBC Weather >> | BBC World Service >> | Learning English >>
Biz haqimizda|Aloqa|privacy