|
Форум: Сўз Сизга | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Президент Каримовдан қандай ўзгаришларни кутаяпсиз?
Жаноб Каримов: "Мен Ўзбекистон халқига сидқидилдан хизмат қилиш, республика конституцияси ва қонунларига қатъий амал қилиш, фуқароларнинг ҳуқуқ ва эркинликларини таъминлаш, Ўзбекистон Республикаси президенти зиммасидаги вазифаларни виждонан бажаришга тантанали ваъда бераман,"-деган мазмунда қасамёд қилган. Сизнинг фикрингиз: 1. Сизнингча, президент Каримовнинг навбатдаги етти йиллик раҳбарлиги остида Ўзбекистонни нималар кутмоқда? Сиз қанчалик ижобий ўзгаришларга умид қилаяпсиз? Сизнингча, президент Каримов Ўзбекистонда зудлик билан қай бир соҳада ислоҳотларни бошлаши зарур ва уларнинг амалга оширилишига қанчалик ишонасиз? Фикру мулоҳазаларингизни bbcuzbek.com га йўлланг. Бизнинг электрон манзилимиз : [email protected] га мактуб жўнатишингиз ёда саҳифанинг ўнг томонидаги махсус форма орқали фикрларингизни билдиришингиз мумкин. Муштарийларимиз фикру мулоҳазаларига асосланган суҳбатимизни ҳафта давомида "Дараклар" дастуримизда тинглай оласиз. Биз сизнинг фикру мулоҳазаларингизни кутиб қоламиз. Муштарийларимиз фикру мулоҳазалари O'ZBEKISTON Hozirgi kunda har kimgayam ham oson emas, har bitta ishning o'ziga yarasha qiynchiligi bor. Prezident ekan deb hamma balo o'shanda deyish bu - xato, avvalambor biz o'zimiz aybdormiz, duch kelgan vaziyatda pul bilan hal qilishga urinamiz, kalta o'ylash kerak emas. O'zbekiston mustaqil bo'lganida dunyodagi eng qoloq davlatlar safida edi. 15-20 yilda O'zbekistonni eng rivojlangan davlatlar cho'qqisiga ko'tarilishi uchun hech narsa emas, buni oson deb o'ylash juda katta xatodir, uy qurish uchun avvalam bor yaxshi fundament qurish kerak, agar fundamenti yaxshi bo'lmasa, bu o'y uzoq turmaydi, shuning uchun yaxshi hayot uchun yaxshi fundament kerak, qani birorta ilmi bor inson bo'lsa aytingchi, Dunyoni larzaga keltirgan Temuriylar davlatini esga olingchi, qancha vaqtda Amir Temur bobomiz davlatni tiklab, dunyoning eng rivojlangan davlatiga aylantirdi, qani, shoshilish kerak emas, aqlsiz insongina aybni bir kishiga ag'daradi, menga bir inson shunday degan: "Har bitta Shoh Xudoyimning suygan bandasidir!"- degan, qisqasi, biz o'ylamagan narsalar judayam ko'p, bekordan bekorga o'zingizga gunoh orttirmang. Abdulla Abdurahimov, USA Xalqimni Xudo o'z panohida asrasin!!! Xalqimga e'tiborli bo'lishni, halol yashashni, poraxo'rlikdan qutulishni tilayman. Aks holda Karimov rahbarligi ostida yanada dahshatli o'zgarishlar ro'y berishi mumkin. Uning siyosati O'zbekistonni fuqarolar urushiga olib kelishi mumkin!!! Hojati yo'q Men bu kishidan hech narsa kutmaganman, bundan keyin ham kutmaiman, shuncha xalqning gapi unga ta'sir qilmagan, meniki tem bolee, luchshe BBC jonimning yangi sahifalarini kutib yashaiman, albatta, bu kishidan tashqari chiroili yangliklarni o'qib. Julqunboy ... man Tangridan bizni Karimovdan qutqarishini va bizni ham gunohlarimizni kechrishini so'rayman. Shuningek, bizga adolatli va islohatparvar hukumdor ato etishini so'rayman. Karimovdan xayrli narsani hech kim kutmaydi. Karimov bu o'zbek xalqining fojeasi! Odiljon Maxdumiy, Qirg'iziston Avvalo, Islom Abdug'anievichning olib borayotgan mamlakatdagi prezidentlik faoliyati qoniqarli deb bilaman. Bir insonni 27 million xalqni boshqarishiligi o'zi bo'ladimi? Lekin inson huquqlari borasida olib borayotgan siyosati turg'unlik ahvolida. Prezident, navbatdagi etti yillik muddatini boshlanishida eng avvalo mamlakatda inson huquqlarini islohotini olib borishligi kerak deb bilaman. Rashid Rahimov, Korea Bu yog'ini Ollohdan ko'ramiz, Ollohim o'zi hamma narsaga qodirdur. Har bir tog'ning ham cho'qqisi bo'lganiday, bu insonning qaytishi bordur. Qasamyodni ham to'ti qushga o'rgatsang, to'ti qush ham yodlab olib gapiraveradi. Manimcha, Allohdan sabr so'raymiz, Ollohim o'zi hamma narsani ko'rib turibdi. Ollohim o'zi KIFOYA qilsin. Kamran, Japan Karimovdan iqtisodiy va ijtimoiy siljishlarni kutish amri mahol, chunki o'zlari takidlab o'tganlaridek, iqtisodiy siyosat shundayligicha qoladi, chunki ko'rsatkichlar 'o'sib' bormoqda. Ammo siyosiy o'zgarishni kutamiz, to'g'rirogi xohlaymiz. Chunki har bir keyingi saylanadigan odam umrining oxirigacha president bo'laman degan xayol bilan davlat boshqaruviga kelishi, mamlakatni qayta Monarxiya va feodalizmga olib boradi, bu esa xalifalik o'rnatishdan unchalik ham farq qilmaydi. Maqsadimiz, Karimov, hozirda mavjud bo'lgan resurslardan foydalanib, yangi siyosat o'yinini mustahkamlashi kerak. Unda, siyosiy partiyalarning ko'p bolishi emas, balki oppozitsiyada bo'lishi, Parlamentning o'rni sezilarli darajada mustahkam bo'lishi va Ijroia hokimiyatining barcha sohalarda 'ustun' bo'lishini qisqartirish kabi yo'nalishlarga urg'u berish kerak. Karimovda imkoniyat bor va bu uning burchi, aks holda, hokimiyatga talashish qaqshatqich bo'ladi. OGUZHAN SARI, TÜRKİYE YOLG'ON , HAMMASİ YOLG'ON. O'lmas Abdullayev, O'zbekiston Manimcha, mana shu kelasi 7 yil ichida O'zbekiston undan battar iqtisodiy tanglikka uchrab, odamlar begona yurtlarga Mardikorchilikka ishlagani ketadilar, qisqasi, hech qanaqa ijobiy o'zgarish kutilmasligi hammaga ma'lum. Ismsiz Biron yaxshi narsa kutmayman. Faqat o'zining...jonini asrashni o'ylab, erkin fikrli odamlarni qamab, qirib yashaydi. Go'yoki bu odam o'zini abadiy yashaydigan jon deb biladi. Shuning uchun u kishi Qur'oni Karimdan ham qo'rqmay, qasam ichib yuboraveradi. Hammadan qolgan bu dunyo, undan ham qoladi. Shunday ekan vaqt borida etagini yopsa bo'lardi. O'zbek, O'zbekiston O'limi oldidan o'zbek so'mida AQSh dollari kabi surati chiqishni xohlasa, yoshlarga e'tibor qaratsin! Yoshlar birma-bir chet elga chiqib, non topish ilinjida, qani bu yil paxtangni kim teradi, qani shuncha oltin va boyliklarning natijasi, ularni xor qilayapsan Janob Karimov! Bilimli yoshlaringdan kuchli mamlakatlar foydalanayapti, nima bilan o'qituvchilaringning oyligini oshirasan?! Nima qilayapsan, xalqni qayerga olib ketayapsan, o'zing boradigan joyga borishga yoshlarga hali erta. Davlatni sharmanda qilmasdan, o'liming oldidan yaxshi nom qoldir. Bilimli yoshlaringga sharoit yaratib ber, hali ham kech emas. Qishloq yoshlariga hech bo'lmasa chet tilini o'rganish uchun sharoit qilib ber, ular ham chetga chiqishsin, faqat talabalar emas. Sen e'tibor qaratmasang chekka qishloqlarga, ular e'tibor qaratishadi, ularga yaxshilik qil, iltimos, ularga imkoniyat yarat, xor bo'lishmasdan oldin. Rossiyadan emas, Evropadan risq terishsin, och Evropani biz yoshlarga, qani o'sha IREX, qani o'sha fondlar? Biz yoshlarga yo'l ochmasang ham baribir chiqib ketayapmiz. Ammo oddiy davlatlarda umrimiz va mehnatimizni sarflab, kam haqga rozi bo'lib ketayapmiz. Biz qachondir sen ochmagan yo'lni ochamiz, o'zbek o'g'lonlarini Evropa davlatlari va AQSH hukumati bilimi va qobiliyati uchun ham hurmat qiladi, kerak bo'lsa sen tirikligingda qanoti ostiga oladi ham. Ollohdan senga insof va yana insof so'rayman. Ish joying zo'r, uying issiq, qorning to'q. Biz - chekka qishloq yoshlari esa Toshkentga, Toshkentda o'qiyotganlar esa chet elga ketih ilinjida harakatdamiz. Qornimiz, kiyimimiz va yotog'imiz emas, oilamiz va qarindoshlarimizning hayot tarzidan ezilgan holda ko'rib ham to'xtamasdan intilayapmiz. Lekin sendan umid qilayapmiz ham, ammo hayot tarzimizga qiyo ham boqmayapsan. Ko'rasan, men ham qishloqdan Toshkentga o'qishga boraman, men ham chet elga chiqaman, oilamni otam fermeridan qarz olib boqayotgan bo'lsa, o'shanda men nafaqat oilamni, balki butun qishlog'im xalqini boqaman. Lekin uni sen ko'ra olarmikansan?! Zokir, Toshkent Yana 7 yil ... xalqni qon qaqshatishga, xalqni yanada qashshoqlashtirishga hamda oddiy odamlarni qo'rquv, dahshat ostida yashashi uchun qasamyod qilgan bu o'zini o'zi saylagan Karimov.Yana ulug' Qur'on bilan qasamyod qilarmish.... | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||