|
Форум: Сўз Сизга | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Ўзбекистон Президенти Ислом Каримовнинг ғалабасини қандай баҳолайсиз?
Тошкентда Марказий сайлов комиссияси раҳбари Мирзоулуғбек Абдусаломов брифинг ўтказган, президентлик сайловининг дастлабки натижаларини эълон қилган. Ўзбекистон Марказий сайлов комиссияси маълумотларига кўра, жорий президент Ислом Каримов учун жами сайловчиларнинг 88,1 фоизи овоз берган. Халқаро кузатувчилар Ўзбекистонни қарийб йигирма йилдан буён бошқариб келаётган Ислом Каримовнинг яна бир муддатга сайланишини қоралаганлар. Сизнинг фикрингиз: 1. Ўзбекистон президентлик сайловларида жорий президент Ислом Каримовнинг ғалабасини қандай баҳолайсиз? Бизга ўз муносабатингизни билдиринг... Фикру мулоҳазаларингизни bbcuzbek.com га йўлланг. Бизнинг электрон манзилимиз : [email protected] га мактуб жўнатишингиз ёда саҳифанинг ўнг томонидаги махсус форма орқали фикрларингизни билдиришингиз мумкин. Муштарийларимиз фикру мулоҳазаларига асосланган суҳбатимизни ҳафтанинг ҳар куни "Дараклар" дастуримизда тинглай оласиз. Биз сизнинг фикру мулоҳазаларингизни кутиб қоламиз. Муштарийларимиз фикру мулоҳазалари lola Shunchaki olqishlaimiz. Doda Xalq BU O`ZBEKLAGA POADARKA! BOSHQA MILLATLA, LOTOREYA O'YNASA, YUTUG'IGA MASHINA YO XOLODILNIK... CHIQADI. O`ZBEKLAR LOTOREYA O'YNASA, PRIZIGA KARIMOV CHIQADI! XALQIMGA KELAGAGIDA OMAD TILAIMAN, KELGUSI O'YINDA PRIZGA MASHINA YOKI XOLODILNIK CHIQSIN. FAQAT PRIZEDENTAMAS! Abdulloh, Chexiya Karimov shaxsi o'zbeklar tarixida uzoq vaqt qolsa kerak. Mana bu so'z manga juda yoqdi: "Президентлик сайловларида президент ғолиб...". Uni buni qoyinglar, qancha gapirmaylik, shuncha kam. Lekin kelejakni o'ylab ko'raylik. Xalqimiz shu rejim orqasidan poraxo'rlik, haromga o'rganib qolmayaptimi? Qatga bormang qo'lizga qarab turishadigan bo'lgan. Hech bir ishiz "u"siz bitmiydi. Uzr-kuya, ming afsuslar bo'lsinkim, bu qonimizga kirib ketvotti manimcha. Buni kegin yo'q qilish ancha mushkul bo'ladimi deb qoldim. Yosh avlodni tarbiyalab, ularda shu narsa bo'lmasligi uchun uzoq yillar ketadi. Keyin xalq orasida bir-birini ayamiydiganlar ko'payib ketgan. Shunchalik iymonsizlashib ketdikmi bitta ...odam kasofati bilan? Alloh hammamizzi kechirsin. Jim Carry, USA O'zbekiston'ning yanada qashoqlanishi yo'lidagi bir ayanch. O'zbek xalqi o'rta sinfining yaqin va uzoq xorijga ketishining misli ko'rilmas darajaga ko'tarilishi, repressiya va oddiy kishilarining yashash imkoniyati qiyinlashashi... Xalqning yaxshi yashash umidi yana 7 yilga kechiktirilishi deb tushunaman. Asadbek Abdullayev, USA Assalomu Alaykum. Avvalam bor hamma o'zbek xalqini kelayotgan 2008 yil b-n tabriklaiman. Qisqasi, shu odam tufayli ko'pchilik Rossia, Korea, AQSh va boshqa-boshqa davlatlarda yurishibdi, agar shu odamning umrlari uzoq bo'lsa, manimcha, O'zbekistonda faqat Karimovlar qoladi. Pastda Jahongir Farmonov aytib o'tganidek, man ham shu odamning so'zlariga qo'shilaman va judayam to'g'ri hisoblapdi, biz bo'tta o'zimizning fikrimizni aytib, siqilib bahslashishning manimcha, hech foydasi yo'q, faqat Xudodan salomatlik va sabr tilasak, hammasi joyida bo'ladi. Sog' bo'linglar. Abdulla Abdurahimov, USA Men uning g'alabasini shunday baholagan bo'lardim: Dunyoda, xususan, G'arbda hali insoniy qadriyatlar ustivorligi o'rnatilmagan. Karimovning qonxo'rligini G'arb bevosita bo'lmasa-da, bilvosita qo'llab kelyapti. U esa bundan ustalik bilan foydalanyapti. Mening fikrimcha, yaqin kelajakda O'zbekistonda sharoit o'zgarmaydi. Musofir, Kanada Karimov g'alaba qozonishi jahon ahliga ma'lum edi... Muxolifatdagilar birlashib, kurashishning o'rniga bir-birining aybini qidirish bilan ovora bo'lsa, G'arb davlatlari mum tishlgandek jim o'tirsa, yana kim g'olib bo'lishi mumkin??? O'zini muxolifat deb ko'krak kerib yurgan kimsalar inson huquqlari alyansidan o'rnak olib, ularni qo'llab-quvvatlab, butun jahon ahlini Amerika, Angilya, Frantsiya kabi kuchli davlatlarni e'tibor qaratishga chaqirishlari kerak. Kelajak Man Karimovning ahvoliga achinaman. Chunki unda bundan boshqa yo'l yo'q. Presidentlikni topshiray desa, hayoti va mol-mulki Andijon voqealari sabab xavf ostida. Presidentlikdan qolsa, butun dunyo oldida obro'si bir pul. Vijdoni oldida o'zi ham bir pul. Odam shunchalik ham amal deb past ketadimi o'zi. Boshqa davlatlar rahbarlarining ko'ziga qanday qaraydi. Hamma davlatlarning presidentlari 8-yilda almashayapti. Karimov esa ... 20 yildan beri taxtda. Bo'ldi-da endi. Obro' borida taxtni topshirish kerak edi. Ertaga tarix buni qoralashi aniq-ku. Bechora Karimovning ahvoliga hech kimni solmasin. Abdurrahmon Nazarkhon, O'zbekistan Islom Karimovning yana qaytadan saylanishi shak-shubhasiz o'zbek xalqi uchun va hatto boshqalar uchun ham katta musibat. Ammo "noumid shayton" deyilganidek, Alloh taoloning marhamatidan umid uzmasligimiz kerak! Musibatlar kelganda Allohga ko'proq iltijo qilish, tawba-tazarru' qilib, Islom ummatiga najot wa nusrat tilab, duo qilish barchamizning zimmamizdagi farz wa qarzdir! Shuning uchun biz bir guruh musulmonlar barcha O'zbekiston xalqiga murojaat qilib, maxsus web sahifa (qunutuz.com saytini )ochib qo'ydik, shoyad barcha birodarlarimiz u saytdagi duolarni o'qib, Alloh taologa iltijo qilishsa, shoyad Alloh taolo duolarimizni qabul aylab,..albatta, Alloh taolo barcha narsaga Qodir Zot! Biz duo-iltijo qilish kerak deganimiz "faqatgina duo bilan ish bitadi" deganimiz emas aslo! Balki hayotning barcha sohalarida amaliy iyjobiy harakatlarimizni yanada kuchaytirishimiz, duo wa harakatlarimizing natijasini tez kunda darrow kelib qolishini kutib o'tirmasligimiz lozim. Sabru matonat bilan duo wa harakatda dawom etawerishimiz kerak, nusrat wa g'alaba kelish waqti qachonligini Allohning O'zi biladi, bizning wazifamiz esa xolisona duo wa xolisona harakat! Aziz, USA Xullas, hech kim hech narsa qila olmadi... 007 ab, USA Salom o'zbekistonlik aqlli va dono do'stlarim. Mening fikrim shunday, Karimov shunday odamki, hatto Putin ham vaqti kelsa, uning orqasida turgan, qo'riqchisiga o'xshab, siz buni fergana.ru uzbekiston degan joyda ko'rishiz mumkin. Bush ham hech narsa qila olmadi va olmaydi, chunki Karimov u O'zbek, men ham President bo'lganimda shunday yo'l tutgan bo'lishim mumkin, Anjanlikman, chunki. Karimov Cabinetini umuman yangittan o'zgartirsa, menimcha, katta o'zgarish bo'ladi...Bizga demokratiya ham, boshqasiyam kerakmas, faqat tinch, arzonchilik, chegara ochiq bo'lsa kifoya. Nimaga u g'olib chiqdi, chunki undan zo'r Prezident nomzod qoyilmadi-ku, qani bitta zo'r odam, avtoritet odamni nomzodi qoyilganda, balkim Karimov yutqizgan bo'lardi. Janob Islom Abdug'anievich, sizdan bir fuqaro sifatida bitta iltimosim bor, qizingiz Gulnora Islamovnaning president bo'lishiga yo'l qo'ymang, iltimos. Birorta Putinga o'xshagan kadr tayyorlang. Sog' bo'linglar! Ismsiz Karimovning O'zbekiston deganda faqat va faqat o'zining manfaatlarini ko'rishi hisobiga shunday bo'lgan. Prezidenti shunday bo'lgan joyda, endi qolgan rahbarlarni qo'yavering. Mamlakatni rivojlantiradigan o'zgarishlar qilishga va'da berayapti u kishi, buning uchun Karimov onasidan qayta tug'ilishi kerak. Endi bu odam vijdoni qiynaladi deb oylamayman, unda bunaqa narsa yo'q...Sabr va iqbol tilayman O'zbek xalqiga. Ilhom, Italiya Saylovda mahalla yig'ini raisi va tuman hokimlarining ko'rsatmasi b-n fuqarolar faqat Karimovga ovoz berishga majbur qilingani muqarrar. Fuqarolar o'zi va oilasining tinchligini o'ylab, boshqa yo'lni tutmasligi aniq. Saylov natijalari hech narsani o'zgartirmaydi, balki, Karimov endi yanada kuchga to'lib, zulmlarni yanada oshiradi. Chunki G'arbdagi biror davlat uning bu nokonstitutsision, noqonuniy harakatiga biror so'z ham aytmadi. Xalqning fikri b-n u hech qachon hisoblashmaydi. O'z manfaatlarini davlat mafkurasi darajasiga olib chiqqan. Qonunning orqaga qaytish kuchi yo'qligini (Zakon obratniy sila ne imeet) oddiy odam ham tushunadi. Karimov o'zicha 2nchi marta saylanayapman deb, qanday qilib o'zini ishontirayotgan ekan-a? G'arb siyosiy arboblarining bu darajada passiv munosabatda bo'lishlarini hatto Karimovning o'zi ham kutmagan bo'lsa kerak. Bu degani - men yana qancha qon to'ksam, jabr-zulm, xalqni siqaversam bo'lar ekan deb xulosa qilishiga yo'l ochib beradi. O'zing uchun o'l yetim degan! - o'zbek xalqimiz. O'zbekning jahonga qul bo'lishi, qashshoqlashishi yanada davom etaveradi. Ismsiz Qiziq, nahotki Karimovning o'zi shu saylov natijalariga odamlar ishonadi deb o'ylasa. Student, Turkiston I.A.Karimovning qaytadan yana taxtda qolishi ...bu albatta o'zbek xalqi uchun katta fojea, bu degani yana 7 yil chet ellarda cho'rilik, mardikorlik qilamiz, iboli, go'zal o'zbek qizlarimiz esa arab davlatlarida "pul ishlashadi" afrikalik do'stimizga esa mulohozam, hayotga bir yoqlama qarashning keragi yo'q, O'zbekistonni Islomiy davlatga aylantirgan bilan muammolarni echib bo'lmaydi...o'sha siz yashab turgan shimoliy afrikalik musulmonlarning ahvolidan xabardormiz... Ismsiz maktub Ассаламу алайкум. Ҳурматли африкалик Шоҳ Ўзбек, сизнинг халққа қилган тилакларингизни жуда яхши ва ўринли деб биламан. Аммо Каримов ҳақидаги гапларингизга қўшилмайман, Умар розияллоҳу анҳу жоҳилият пайтида Исломга қарши кўп жафо қилган бўлсалар ҳам, тиш-тирноқлари билан мусулмонларга қаршилик қилган бўлсалар ҳам, бироқ мард ва жасур одам бўлганлар, ўз йўлига ва ақидасига содиқ одам бўлишган. Каримовчи...? Қўполлигим учун узр сўрайман-ку,.. на динга, на диёнатга ва на бир ўзининг аниқ мафкурасига эга бўлмаган шахс...Майли, Аллоҳ таоло золимларга Ўзи кифоя қилсин. Барчамизни ҳақ йўлдан адаштирмасин. Shah Uzbek, Afrika Ha nima ham der edik , Yana umrimizning qanchadur vaqtini Afrikada o'tkazishga to'g'ri keladi. Bizning tuhmat-ayblovlarimiz oqlanmaguncha Ortga qayta olmaymiz. Alloh O'zi hidoyatlasin O'zbekiston raisini. O'zbek xalqiga esa murojaatim --O'zligini tanib, O'zlarini o'nglamasalar bizga yaxshilik bo'lishi qiyin. O'zbek xalqi !!! -yetar endi shuncha xatolar, Musulmonligimizni eslab, Qur'on va Sunnatga Amal qilishni boshlaylik. To o'zimizni o'nglamas ekanmiz, Allah bizga Hayrlik Rasi bermaydi. Duodan boshqa iloj yo'q. Hammamiz Allahdan so'raylik, Islam Karimovni Allah xidoyatlasin, Xalqni o'ylaydigan, Odil Rais bo'lishini Alloh nasib qilsin!!!! Rasulimiz Sallallahu alayhi wassalam ham duo qilganlar Umar Radiallahu anhuni hidoayatga kelishligini. Biz ham raisimizni duo qilaylik, inshaAllah, Raisimiz Tavba qilsa, Xalqga keng yo'l ochib bersa, hammamizga xayrli bo'ladi inshaAllah!! Yaxshi duo xayrlidur!!! At Toshkandiy Menimcha, bu saylovlardan asosiy ko'zlangan maqsad - bu Evropa hamjamiyati va AQSHga bizdagi "demokratiya"ni ko'rsatib qo'yish edi. Va menimcha, shunga erishildi ham. Ya'ni Karimov o'z xalqi nazdida juda ham e'tiborli, hurmatli va ishonchli odamligini isbot qildi! O'zingiz o'ylab qarang, nega shuncha dabdaba? Yana, kimlardir ajablanishyapti!!! Qisqa qilib aytadigan bo'lsak, yana yetti yil rizqimini chet elda terib yuradigan bo'ldik. Tabiiy resurslarga boy bo'lgan O'zbekiston esa ...ning manfaatiga yana 7 yil xizmat qiladi!!! Jahongir Farmonov, AQSh Bu bo'lib o'tgan sahna ko'rinishini to'g'ri tushunishingizni xohlardim, bo'lgan ish bo'ldi. Bu aniq qilib qo'yilgan kuchli reja edi, bu reja ishonamanki, 90-yilda ishlab chiqilgan. Mani o'zimning hisob-kitobim bo'yicha, ovoz berish huquqiga ega fuqarolarning 40-45% O'zbekistonda emas va bu fuqarolarning atigi 2% foizi (Diplomatlarning oilasi) saylovga xo'ja ko'rsinga borgandir, shundan kelib chiqadigan bo'lsak, saylovning ENG KATTA XATOSI - 90.6% odam saylovda qatnashishi bu quruq gap va bo'lishi m-n emas. Mani hisobim bo'yicha, atigi (maksimum) 40% odam ovoz bergan. Andijon, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining 95% aholisi Karimovga ovoz bermaydi, qolgan nomzodlarni tanish shart emas, ular yo taxmin qilishadi yo ovoz berishmaydi, bu faktga ishonishlarizzi xohlardim. 13 mln. odam Karimovga ovoz berishi....13 mln odam saylovda qatnashmagan. Kamran Japan Bu yo'nalish 'inertsiyaga' aylanib qolishdan xavfsiraymiz.. ya'ni o'zbek aravasiga bir turtki 17 yilga etdi va davom etmoqda... Ismsiz Turgan gap. Fazilat Mamurova, USA Qoralayman. Boshqa hech yangilik ham kutilayotgani yo'q edi bundan boshqa. Sabr tilayman!!! Yangi yil sovg'asi menimcha bu O'zbek xalqiga. Ziyod, Korea Ўзбекистондаги бу сайловни бошқалар қандай баҳоласа ҳам, ман ўртача баҳо берган бўлардим, масалан, 88 фоиздан 50 фоизини оддий халқ ўз хоҳишига қараб сайлаган деб ўйлайман, 30 фоизи нари-бери бўлгандир..,чунки оддий халқ қолган номзодлар ҳақида умуман тушунчага эга эмас. Масалан, мен ўзим 20 га яқин танишларимга телефон қилиб қизиқдим, кимга овоз берганликлари ҳақида, ҳаммаси Каримовга овоз берганини айтишди. Нима бўлганда ҳам Каримов бобомизга инсоф бериб,оддий ўзбек халқига фаровон, тинч хаёт кечиришига янги белбоғ боғлаб хизмат қилсин!!!! Husniddin, Shvesiya Har qanday diktatura hukmron davlatda yagona diktator qanaqa saylov yoki referendum bo'lishidan qat'iy-nazar, o'zini yakka hokimligini saqlab qolishga harakat qiladi, sababi uni uch yo'li bor: davlatni o'z qo'lida saqlab qolish, boshqa bir davlatga qochish va o'z davlatida qilgan jinoyatlari uchun xalq oldida javob berish. Shulardan kelib chiqib, O'zbekistonda bo'lgan saylovga baho berish mumkin. ABDULLOH ABDULLOH og'li, USA ASSALOMU ALAYKUM, men shaxsan ISLOM KARIMOVning tutgan siyosati sababli o'z yaqinlarimdan ayrilib, Vatanimdan uzoqda oilam bilan yashayaman, yana shu prezident bo'lgan bo'lsa, buni ALLOH HIDOYAT qilsin, ALLOHning hidoyatiga kelmasa, ALLOH unga kifoya qilsin. Farhod Abdurahimov, UK Saylov -2007 degan teatr tomosha va nihoyat oxiriga yetdi. President Karimov yana 7 yil, ya'ni umrining oxirigacha, har bir o'zbekning hayotida afsuski, muhim o'rin tutib keladi. Yanada ko'proq odamlar Rossiaga, Qozog'istonga, yoki boshqa chet el davlatlariga ish axtarib ketaverishadi. Islohotlarni xohlaydigan yosh o'zbeklar esa, yana Karimovning ketishini xohlab, chet elda yurishaveradi. Karimov o'z islohotlarini haq deb o'ylab, boshqa alternativa umuman ko'rmaydi. U o'z islohotlari yo'li bilan ming urinmasin, agar tanqidga quloq solishga o'rganmasa, O'zbekiston rivojlanmaydi. U qanday diktator bo'lishidan qat'iy-nazar, avvalo tanqidga quloq solishni o'rganishi kerak. Shundagina u diktator bo'lishiga qaramay, xalq hurmati va e'zozini qozonadi. Jahongir MIRZAEV, Korea Manimcha, bu eng to'g'ri yo'l, sababi O'zbekistonni shu darajaga olib kelgan odam bundan boshqa narsalarniyam qilishga qodir . Bu degani -kelajakda O'zbekiston yo rivojlanadi yoki minus albatta, yo Jannat yo Do'zax, manimcha, bu hammasi yaxshilikka .... mani fikrim shu. Voris Usmonli, O'zbekiston Қисқача қилиб айтганда, кўзбўямачилик. Каримов бугун халқнинг катта қисми нафратига дучор бўлиб турганини ҳисобга олсак, унинг 88,1% овоз билан "ғалаба қозониши" ҳақиқий соxтакорликдир. Начора, Ўзбек халқи яна 7 йил... зулм остида эзиладиган бўлди. Beklarbegi, O'zbekiston Mana bu o'tgan saylov Karimovning xudbin, ... va ikkiyuzlamachi Diktator ekanini isbotladi. Karimov prezident bo'lishi aniq edi. Va xo'jako'rsinga saylov o'tkazib, xalqqa tegishli millionlab mablag'ni havoga sovurdi. Karimov shunchalik qo'rqoq va ...-ki, saylov arafasida hatto saylovga umuman aloqasi bo'lmagan qator internet sahifalarini bloklab qo'ydi. Karimovga ovoz berganlar soni 88,1% deyishmoqda. Bu yolg'on. Bunga isbot keltiraman. Avvalgi saylov davrida kamina Toshkentdagi nufuzli universitetlardan birida tahsil olardi. Bizning fakultetimizda saylov uchastkalaridan birini tashkil etishdi. O'qituvchilarimiz orqali "iqtidorli talabalar" qatori kaminanaga xizmat tushdi. Xullas, biz saylovdan keyin ovozlarni sanadik. Buni qarangki, o'sha qo'g'irchoq nomzod, A. Jalolov(Nomi aniq esimda yo'q)edi shekilli, Diktator Karimovdan keskin farq biln ko'p ovoz olgan bo'lib chiqdi. Buni "Katta"ga aytganimizda, u rosa kuldi. Biz ham qah-qahlashdik. U yaxshi odam edi. Ammo u A.Jalolovga berilgan ovozlar varaqalarini yirtib, o'rniga 90% ga yaqin qilib Karimov nomiga qaytadan varaqa to'ldirishimizni buyurdi. Yuqoridan shunday "prikaz" bo'lgan, deb qo'shimcha qildi u. Aminmanki, guvohi bo'lganimizday holatlar bu saylovda juda ko'p bo'lgan. Nazarimda, odamlar Karimovga ovoz bermaslik uchun, ataylab qo'g'irchoqqa ovoz bergandi. Hozirgi saylovda kimki Karimovga ovoz bergan bo'lsa, o'sha odam Karimov rejimi tomonidan korruptsiyalashtirilgan. Buni komputer sistemasiga o'xshatish mumkin. Deylik, Windowsga kuchli virus yuqsa, butun sistema bulg'anadi, filellar korruptsiyaga botadi. Karimov rejimi O'zbekistonga tushgan o'sha o'tkir virus. U butun mamlakatni korruptsiya, poraxo'rlik, qisqasi, haromxo'rlikka botirdi... Nasib bo'lsa, mana bu 7 yillikda ... O'zbekiston Afrikadagi eng qashshoq mamlakatlarday abgor bir holga keladi. Nima bo'lganda ham, Karimov shu O'zbek xalqimizga mos va xos. Xalqimiz o'ta qo'rqoq, jaholatga botgan xalqardan biridir. Xalqni dunyoqarashi o'zgarib, imon-e'tiqodga, vijdonga va insofga qaytmas ekan, Karimovga o'xshagan Diktatorlar yetishib chiqaveradi, O'zbeklar ezilaveradi... | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||