|
Ҳиндистондан нималарни ўрганиш мумкин? | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Аҳолиси сони бўйича дунёда иккинчи ўринни эгалловчи Ҳиндистоннинг динамик равишда ривожланаётган демократик жамият қуришга эришгани эса кенг миқёсда тан олинади. Шуни таъкидлаш керакки, Ҳиндистон буларнинг барчасига бир неча асрлик хорижий мустамлака ортидан эришган. Социализм қуриш орзусида бўлган Ҳиндистоннинг биринчи Бош вазири Жавоҳарлал Неру мамлакатда давлат бошқарувига асосланган тузумни ўрнатган ва бу иқтисоди шундоқ ҳам заиф бўлган мамлакат ҳаётининг кун сайин орқага кетишига сабаб бўлган.
Ҳукумат хусусийлаштириш сиёсатини жиддий равишда ҳаётга тадбиқ этишни бошлайди. Дунёда энг кўп пахта етиштираётган давлатлар учлигига кирувчи Ҳиндистон қишлоқ хўжалиги ва текстиль маҳсулотларини экспорт қилувчи илғор давлатлар сафидан ҳам ўрин олади. Бунинг ортидан яқин-яқингача рақиби бўлган Хитой дохил дунёнинг манаман деган иқтисодий ва сиёсий қудратлари Ҳиндистонга қизиқиш кўрсата бошлайдилар. Ҳиндистон шаҳарларида кун сайин гуллаб-яшнаётган ўрта синф шаклланади ва улар ахборот технологияси соҳасида катта ютуқларни қўлга киритадилар.
Ҳиндистон ўз сунъий йўлдошларини фазога учириш билан бирга Ойни ҳам забт этиш режасидадир. Ундан ташқари маркази Мумбайда бўлган кино саноати билан ҳам бемалол ғурурлана олади. Ҳинд кино саноати дунёдаги энг йирикларидан биридир. Бироқ шу билан бирга, Ҳиндистоннинг қишлоқ аҳолиси орасида камбағаллик ва саводсизлик буткул барҳам топмаган.
Бундан уч йил бурун қудратга келган Ҳиндистон Бош вазири Манмохан Сингх эса аҳоли камбағал қатламининг ҳаётини яхшилаш ва иқтисодий ислоҳотларни давом эттиришни ўзининг асосий вазифаси эканини эълон қилганди. Сўнги сўров натижалари эса аксар ҳиндистонликларнинг мамлакат Адлия тизимининг фаолиятидан мамнун, қонун бою камбағалга баробар ишлайди, деган фикрда эканликлари ва ўз мамлакатларидан чин юракдан ғурурланишларини кўрсатган. Шундай экан, Ҳиндистон бошқа давлатларга қай бир жиҳатдан намуна бўла олади? Ўзбекистон каби дунёнинг ривожланаётган давлатлари Ҳиндистон тажрибасидан нималарни ўрганишлари мумкин? Ўзбекистон қай бир соҳаларда Ҳиндистон билан ҳамкорлик қила олади, деган фикрдасиз? Бу борадаги фикру мулоҳазаларингизни bbcuzbek.com га йўлланг. Бизнинг электрон манзилимиз : [email protected] га мактуб жўнатишингиз ёда саҳифанинг ўнг томонидаги махсус форма орқали фикрларингизни билдиришингиз мумкин. Би-би-си Ўзбек Хизмати электрон почтасига келаётган мактублар: Toxir Hindistonda bo'lmaganman, menga ma'lumlari hammaga ma'lum. Ammo hindlar bilan birga ko'p ishlaganman va ularning mentaliteti haqida tasavvurga egaman. Hindiston haqida ularning filmlari orqali bizda paydo bo'lgan taassurot haqiqiy hayotdan keskin farq qiladi. Poraxo'rlik, mansab uchun oldi-berdi biznikidan qolishmaydi. Chaqimchilik, "quloq"lik ham kulminatsion nuqtada. Jamiyat a'zolariga so'z erkinligining berilishi umumiy o'sishga ijobiy ta'sir qilgan deb tushunaman. Shuning uchun ham hozirgi sharoitda eng maqbul tuzum demokratiyadir. O'zbekistonning Hindistondan o'rnak sifatida oladigan biror bir namunani men hindlarda ko'rmaganman. O'zbekiston baribir Evropaga intilishi va Evropa davlatlari bilan hamkorlikni kuchaytirishi kerak. Otabek Omonqulov, Javohirlal Neru universiteti magistranti, New Delhi, Hindiston Albatta, Hindiston bugungi kunda juda tez sur'atlar bilan har tomonlama rivojlanib bormoqda. Rivojlanayotgan davlatlar Hindistondan o'rnak olishi mumkin bo'lgan sohalar talaygina deb o'ylayman. Ana shulardan birinchisi, demokratik jamiyat. Hindiston ko'p millatli mamlakat bo'lishiga qaramasdan, aytish mumkinki, turli din va etnik guruhlar o'rtasida o'zaro hamjihatlik, bir-biriga hurmat va mamlakat ravnaqi yo'lida hamjihatlikni ta'minlay oldi. Shaxsan, Hindistondagi demokratik jamiyatni man o'sha Amerika yoki Yevropa demokratiyasidan ko'p jihatlari bo'yicha ustun deb bilaman. Ikkinchidan, Hindistonda juda kuchli fuqarolik jamiyati bunyodga kelgan. Hozirgi rivojlanayotgan davlatlardagi asosiy muammolardan biri ham mana shu kuchli fuqarolik jamiyatining yetishmasligi yoki umuman yo'qligidir. Uchinchidan, Hindistonda Ommaviy Axborot Vositalari(OAV) erkinligi to'la ta'minlanganiga guvoh bo'layapmiz. Ko'pgina davlatlarda OAV mutlaqo yoki qisman bo'g'ib qo'yilgan. Yoki davlat nazorati ostida. Bunaqa davlatlar OAV bo'yniga solgan kishanlarini parchalab tashlamagunlaricha na demokratik jamiyat qura oladilar va na korrupsiya, poraxo'rlik va byurokratiya kabi rivojlanayotgan davlatlar yo'liga to'g'anoq bo'layotgan muammolarni yecha oladilar. To'rtinchidan, erkin va xolis saylovlarni Hindistonda kuzatish oson. Taraqqiy etayotgan mamlaktlarda erkin saylovlar juda "tansiq taom" hisoblanadi, ya'ni ularda noxolis saylovlar avj olgan. Beshinchidan, Hindiston iqtisodi erkin. U keskin va barqaror o'sib borayotir. Iqtisoddan xabarim yo'qligi bois buning sababi nimada ekanini sharxlab berishga ojizman. lekin, taxmin qilish mumkin: iqtisodiy o'sish mamlakatda to'g'ri iqtisodiy siyosat olib borilayotgani bilan bog'liq. Mana bundan o'rnak olishlari mumkin zamonamizning rivojlanayotgan davlatlari... Bular hammasi emas, Hindistondan o'rganish yoki o'rnak olih mumkin bo'lgan yaxshi jihatlar hali bisyor. Abdulloh Farg'oniy, Buyuk Britaniya Oxirgi o'n yilliklarda Hindiston iqtisodiy va harbiy jihatdan rivojlanib bormoqda. Lekin shu rivojlanish muqobalasida muammolar va hal etilishi lozim bo'lgan masalalar hali ko'p. Qashshoqlik, ijtimoiy tabaqalanish (kasta) haliyam rivojlanish yo'lidagi asosiy chipqonlardan biri. Endi ulardan nima o'rganishga kelsak , menimcha hindlarning sabrliligi, bir ishni boshlasa oxiriga etkazishi va mehnatkshligini o'rgansak bo'ladi. O'tkir Sultonov, Toshkent, O'zbekiston Hindistonning rivojlanishi haqida o'qib shunday xulosaga keldimki, bugungi kunda O'zbekiston ham xuddi Hindiston erishgan yutuqlarning aksiga erishib bormoqda. Ya'ni, ilgari bo'lmagan tabaqalanish vujudga kelmoqda, qonun hamma uchun ishlamaydi, demokratiya faqat og'izda ... | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||