|
Андижон хунрезлиги | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
"BBC News" интернет саҳифаси матбуот хабарлари, шоҳидлар ва расмийларнинг баёнотлари асосида Андижон хунрезлигининг силсиласини яратган. Воқеалар ривожи билан қуйида танишиш мумкин. Сиз Андижон хунрезлиги ҳақида нималарни биласиз? Андижон хунрезлиги ҳамда ундан кейинги воқеаларга Сизнинг муносабатингиз қандай? "Андижондан кейин Ўзбекистонда нима қилмоқ керак?", деган саволга қандай жавоб берган бўлардингиз? Фикру мулоҳазаларингизни [email protected] электрон манзилимизга ёки саҳифанинг ўнг томонидаги махсус форма орқали йўллашингиз мумкин. Би-би-си Ўзбек хизмати электрон почтасига келаётган мактублар: nobody Mani fikrim Andijonda hukumat haqiqatdan to'g'ri ish olib borgan. O'sha dunyo demokratlari hisoblangan AQSH va Buyuk Britaniyada ham bir guruh jinoyatchilar ha aynan jinoyatchilar harbiy qismga va qamoqxonaga hujum qilganlarida o'sha "demokratlar" xam O'zbekiston hukumatidan oshiribroq chora ko'rishardi. Agar Andijon voqealari o'z vaqtida to'xtatilmaganda O'zbekisnon uchun bundan og'irroq asoratlar qoldirardi. Chunki bizning xalqimiz me'yorni bilmaydi. Agar me'yorni bilganida bir guruh qurollangan shaxslarga qushilib olib jinoyat sodir etib yana buni "tinch namoyish" deb atamagan bo'lar edi. Har qanday odil ,demokratik jamiyatda ham qulga qurol olib chiqish jinoyat sanaladi, shu jumladan O'zbekistonda ham. Biz O'zbekistonliklar, shu jumladan men ham O'zbekistonda Qirg'iziston voqealari takrorlanmaganidan xursandmiz. Qirg'iziston fuqorolari o'sa to'polonlari bilan o'z taraqqiyotlarini yana 20-30 yil orqaga surib yubordilar. Qirg'izistonda to'ntarishda faol ishtirok etgan oddiy xalqning ahvoli yaxshilanib qolgani yo'q. Aksincha yomonlashdi. Shu uchun ham biz bunday bo'lishini xoxlamaymiz. Bobur 1.Shu o'tgan 1 yil davomida ko'p ma'lumotlarga ega bo'ldim. Bahtiyor. Andijon O'sha qonli voqealardan so'ng Andijon hayoti hech qanday yahshi tomonga o'zgarmadi, qaytanga hukumat har bir mahalada chaqimchi sotqin odamlarni ko'paytirib tashladi. Haiqiqatni adashib gapirib qo'ygan odamlar hozirgi kunlarda turli hil taziyqlarga uchramoqda, yani SNB hodimlari tomonidan. Ishonsangiz hozir Andijonliklar hech bir davlat rasmiylariga ishonmay qo'ygan, hozirgi viloyat hokimi Saydullo Begaliyev ham o'zini halqqa yahshi ko'rsataman, deb harakat qilmoqda. O'tgan hafta Andijonga respublikadagi taniqli so'z ustalari, honandalarni viloyatga olib keldi. Ular yoshlar ongiga eskirgan o'sha buyuk kelajak oldinda ekanligini yana bir bor vadalar bilan goho quruq gaplar bilan hammani o'sha qonli voqealardan chalg'itishga harakat qildi. Men niyat qilardim jahon jamoatchiligi ushbu qonli voqealarga jiddiy munosabatda turib Islom Karimov hukumatiga bosim o'tkazish vaqti yetdi. Buni men demokratiyani targ'ib qilayotgan qudratli davlatlardan so'ragan bo'lardim. Собит Исмоилов. Андижон Мен ўша куни кўп нарсани кўрдим. Бегуноҳ одамларни қиришди. Роса қиришди. Ўлганлар 1000 дан кам эмас. Лекин энг фожеа нима биласизми? Бу билан ҳеч кимнинг иши йўқ - Россиянинг ҳам, Американинг ҳам! Ҳамма гап манфатда, бугун бу манфат Россияда бор, кеча Америкада эди мум тишлаб ўтирарди. Ўлганлар эса ўлиб кетди. Ўлганга қийин. Abdulaziz Men asli Andijonlik yigit bo'lamanю O'sha mash'um Andijon voqealarini yaqindan ko'rgan guvohlaridan biri bo'laman. Ha o'sha kunni eslasam yuragim orqaga qarab ketadi, ha Karimov hukumati ochiqdan ochiq halqni o'qqa tuta ketdi, bu judda dahshatli bo'lgandi. Men Eski shahar dexqon bozoriga 13 may kuni sabzavotlar harid qilgani tushgan edim, lekin olomon oldiga bormagan bo'lsamda ularni nimalarni talab qilayotgani eshitilb turar edi. Keyin narsalarni olib yo'lga chiqanimda 6-30 lardan o'tgan edi, shunda hamma yo'qda o'q ovozlari Cholpon ko'chasida yovullib kelardi. Yo'larda istaganigizcha odam o'liklari yotar edi, ularning aksariyati ayollar va bolalar edi. Qarasam soldatlar hammani otayapti ayamasdan, men ham latok ichiga yotib oldim. Keyin latoklar ham qonga to'la boshladi, men ham qonga belandim. Odamlar o'lyapti, u yerda o'qlar yog'duvsida manaman degan botir ham jon taslim qiladi. Juda ham ayanchli bo'ldi. Keyin qanday qilib Andijon soyga tushib emaklab uyga yetib olganimni bilmayman. Oradan 2 kun o'tib yana ko'chaga chiqsak soydagi 15 maktabda o'likalrni g'isht tahlagandek tahlab tashlagan. Kimlardir yaqinlarini izlab yurgan edi. Ha bu albatta dahshat, umuman odam bolasi shundayin qonxo'r bo'lib ketganmikin deysan. Тошкентдан Мактуба Мурод Дарҳақиқат, раҳбарлар қанчалик ўзларини оқлашмасин, Андижонда қатлиом бўлган. Ва ундан кейин Андижон аҳолиси ўртасида кўпгина халқ - оддий инсонлар дарбадарликка мубтало бўлдилар. Бир неча маддоҳлар эса бир қанча темирларга, яъни мукофотларга эга бўлиш билан бирга, халқни лаънати ва қарғишларига қолдилар. | ИЧКИ САҲИФАЛАР Андижон хунрезлиги18 Апрел, 2006 | Bosh Sahifa | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||